Yurak etishmovchiligi qanday kasallik?

Yurak etishmovchiligi qanday kasallik?

Yurak mushaklari kerakli miqdordagi qonni quyish uchun zarur bo`lgan energiyani ishlab chiqara olmay qolishi yurak etishmovchiligi kasalligi hisoblanadi. U keng tarqalgan yurak qon-tomir xastaliklaridan biri.  

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, yurak etishmovchiligi kasalligiga chalinish xavfi ayollarga nisbatan erkaklarda bir yarim barobar ortiq ekan. Xo`sh, ushbu kasallikning turlari, belgillari, davolash usullari qanday? SSV Matbuot xizmati yuqoridagi savollariga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilovdan javob oldi.

— Yurak chap qorinchasidan kislorodga boy qon tanadan organlarga pompalanadi hamda ularni kislorod va oziq moddalar bilan ta`minlaydi. Organlarga etkazib berilgandan so`ng, kislorod miqdori past bo`lgan qon tanadan yurakning o`ng tomoniga, u erdan o`pkaga etkazilgan joyga qaytadi. O`pkada qon kislorod bilan boyitiladi, shunda u yana chap qorincha orqali butun tanaga quyilishi mumkin.

Yurak etishmovchiligida yurakning nasos funksiyasi zaiflashadi. Odatda, yurakning o`ng tomoni (o`ng tomonlama yurak etishmovchiligi) yoki yurakning chap tomoni (chap tomonlama yurak etishmovchiligi) ta`sirlanadi.  

Progressiv yurak etishmovchiligida yurakning ikkala tomoni ta`sirlanishi (global yurak etishmovchiligi) ham kuzatilishi mumkin.  

Kasallikning qanday kechishi yurakning qaysi qismida yuzaga kelganiga qarab, chap tomonlama, o`ng tomonlama, global, sistolik, diastolik, surunkali o`tkir yurak etishmovchiligi kabi turlarga bo`linadi.

— Yurak etishmovchiligiga sabab bo`luvchi omillar qaysilar?

— Yurak etishmovchiligi bir qator kasalliklarning salbiy oqibatlari sabab yuzaga kelishi mumkin. Xususan, surunkali yurak etishmovchiligining eng keng tarqalgan sababi bu — koronar arteriya kasalligi hisoblanadi. Bu kasallik koronar tomirlarning (koronar arteriyalar) torayishi natijasida paydo bo`ladi.  

Shuningdek, yuqori qon bosimi (gipertoniya) odamlarning deyarli 20 foizida yurak etishmovchiligini yuzaga keltiradi. Yuqori qon bosimi yurak ishini doimo qiyinlashtiradi. Yurak uzoq vaqt davomida qo`shimcha stress ostida ishlay olmaydi va shuning uchun tanazzulga uchraydi.

Yurak urishi tezligi pasayishi bradikardiya yoki aksincha uning tez urishi taxikardiya ham yurak etishmovchiligini yuzaga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, irsiy kasalliklar, homiladorlik, autoimmun kasalliklari, alkogol, giyohvandlik yoki dorilar, qalqonsimon bezning haddan tashqari faolligi va metabolik kasalliklar (qandli diabet) ham yurak etishmovchiligiga sabab bo`ladi.  

— Kasallikning asosiy belgilari qaysilar?  

— Yurak etishmovchiligining har bir turi turli xil alomatlarga ega va alomatlar intensivligi bilan farq qilishi mumkin. Biroq, yurak etishmovchiligining asosiy alomati jismoniy mashqlar paytida yoki dam olish paytida nafas olishning qiyinlashishidir. Ogohlantirish belgilariga esa engil kuch sarflanganda terlash, tekis yotish mumkin imkonsiz bo`lib qolishi, ko`krakda siqilish paydo bo`lishi yoki oyoqlar shishishi kiradi. Ushbu belgilarni o`zingizda sezsangiz, tezda oilaviy shifokoringiz yoki kardiolog mutaxassisga murojaat qilishingizni so`raymiz.  

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Yurak etishmovchiligi qanday kasallik?

Оставьте комментарий