Xitoyda I va II faza sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan vaksina O`zbekistonga olib kelindi

Xitoyda I va II faza sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan vaksina O`zbekistonga olib kelindi

Koronavirus paydo bo`lgan Xitoyda virusdan himoyalanish uchun Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF2001 rekombinant vaksinasi amaliyotga topshirildi. Bu haqda Vaksina.uz xabar bermoqda.

Xitoyda I va II faza sinovlari muvaffaqiyatli o`tgan ushbu vaksina bizning yurtimizga ham olib kelindi. Shu xususda yuzaga kelgan savollarga oydinlik kiritish maqsadida xitoylik yosh olim, Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi mutaxassisi Yuan Lingfeng javob beradi.

Vaksina sinovlarida biror nojo`ya ta`sir qayd etildimi?

– Yurtimiz ahlini, umuman, butun dunyo xalqlari boshiga tushgan koronavirusning oldini olish maqsadida, olimlarimiz ertayu kech tinimsiz izlanishda. Natijada, ZF2001 rekombinant vaksinasini yaratishga muvaffaq bo`lishdi. Xitoyda, ko`ngilli fuqarolar ishtirokida vaksinaning I — II fazalari muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazildi. Vaksina qabul qilgan fuqaro bizning doimiy nazoratimizga olindi. Kuzatuvlar davomida birorta ham fuqaroda jiddiy o`zgarishlar yoki nojo`ya asoratlar paydo bo`lgani yo`q. Vaksinaning hech qanday xavf tug`dirmaganligiga ishonch hosil qilgach, O`zbekistonda ham klinik sinovlarni davom etishga ruxsat etildi. Endilikda Xitoyda va O`zbekistonda vaksinaning III fazasini qabul jarayoni davom etmoqda. Xitoyda esa III faza emlanish ishlari deyarli oxirlab qolgan. Bu ishlarni amalga oshirishga bizga kamarbasta bo`layotgan O`zbekistonga katta minnatdorchilik bildiramiz!

Azaldan Xitoy va O`zbekiston davlatlari o`rtasida do`stona va iliq munosabatlar o`rnatilgan. Urf-odatlarimiz va turmush tarzimiz ham bir-biriga juda o`xshash. Shu sababli xalqingiz bizni juda yaxshi kutib olishdi. Quvonarlisi, bizga ishonch bildirib, ko`plab ko`ngilli fuqarolar qabulga tashrif buyurishmoqda. O`ylaymanki, bu jarayon vaksinaning xavfsizlik darajasini aniqlashimizga va ta`sirini bilishimizga katta yordam beradi.

Nega vaksinani 3 marta olish muhim?

Klinik tadqiqotlar doirasida joriy yilning 18 yanvar holatiga 3386 nafardan oshiq ko`ngilli fuqaroga vaksina qilindi. Ulardan 67 nafar ko`ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi. Vaksinaning birinchi dozasi olganidan keyin 30 va 60 kun o`tganidan keyin tegishli ravida 2-va 3-dozalar yuboriladi. Mana shu vaksinalarning uchchala dozasini ham o`z vaqtida olish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil bo`ladi. Aynan 2 va 3- dozalarni olgan fuqarolarda antitanachalar sezilarli ravishda ko`tarilganligini guvohi bo`ldik.

Qanday nojo`ya ta`sirlar kuzatildi?

Vaksina qabul qilgan insonlarda hech qanday nojo`ya o`zgarishlar ro`y bermadi. Aksariyat, 90% vaksina qabul qilgan insonlar normal holatda yurishibdi. Faqat 10% aholida vaksina olingan joy biroz achishib, bezovta qilayotgani qayd etilgan. Lekin bunday olib qaraydigan bo`lsak, igna sanchilgan joy ham biroz achishishi turgan gap. Qolaversa, bunga o`xshash holat inson organizmining vaksinaga bo`lgan odatiy reaksiyasidir.

Ko`ngillilar nechta joyda qabul qilinyapti?

Hozirda Toshkentda vaksina olish istagida tashrif buyuruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 5 ta punkt xizmat ko`rsatmoqda. Fuqarolar o`zlariga ma`qul yoki yaqin bo`lgan punktni tanlab, vaksina qabul qilishga kelishlari mumkin. Vaksinada ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar mininnovation.uz saytga kirib, so`rovnomani to`ldirib, o`zlari haqida ma`lumotlarni qoldirishlari talab etiladi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Xitoyda I va II faza sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan vaksina O`zbekistonga olib kelindi

Оставьте комментарий