TIV fuqarolarni soxta PZR-test ma`lumotnomalaridan ogohlantirdi

TIV fuqarolarni soxta PZR-test ma`lumotnomalaridan ogohlantirdi

Elektron ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston fuqarolarining chet el mamlakatlari xalqaro aeroportlariga borishlari bilan xorijda davolanish uchun kasallik to`g`risidagi soxta hujjatlarni hamda koronavirusni aniqlash uchun o`tkazilgan PZR-test manfiy natijasi ko`rsatilgan qalbaki ma`lumotnomalarni taqdim qilayotganliklariga oid holatlar haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat hamyurtlarimizning xorijiy mamlakat hududiga kiritilmasliklari uchun asos hisoblanadi. Shuningdek, qalbaki hujjatlar O`zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish jarayonini ham qiyinlashtirmoqda.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan begona shaxslarning qalbaki tibbiy ma`lumotnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishda “yordamlashish” borasidagi takliflariga ko`nmasliklarini so`raydi. Shu bilan birga, chet elga safarga chiqishdan oldin o`sha mamlakatda joriy qilingan cheklov choralari va talablar bilan sinchiklab tanishib chiqishni tavsiya etadi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
TIV fuqarolarni soxta PZR-test ma`lumotnomalaridan ogohlantirdi