Sichqon muchali haqida to’liq malumot oling

Sichqon muchali haqida to’liq malumot oling

Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu muchalda tug’ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq ko’rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug’ilanlar tejamkor, boylik yig’ishga ixlosmanddir. O’zlari yoqtirgan odamlargagina qo’llari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko’rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy do’stlaridan ko’ra tanish-bilishlari ko’p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g’am-tashvishlarini tanholikda o’zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo’lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko’ra aqliy mehnat bilan bog’liq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa- oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi.

sichqon muchali haqida 1

Psixologiya
Sichqon muchali haqida