Quyon muchali haqida to’liq malumot oling

Quyon 1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 QUYON YILI. Ushbu yilda tavallud topganlar o’ziga xos xislatlarga ega bo’lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo’ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo’lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g’iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko’rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo’lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko’ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig’lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo’lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo’q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan yaxshi va yomon tomonlarini jamlab ko’rmaguncha, hech bir ishga qo’l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba’zan o’taketgan rasmiyatchi bo’lishsa-da, halol va o’z so’zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o’ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko’rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste’dodli huquqshunos yoki diplomat ham bo’lishlari mumkin. Bu muchalda tug’ilgan ayollar did, mehmondo’stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada o’zini ko’rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o’zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin do’stlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo’lishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib o’tib bo’lmas to’siqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.
Mundarija скрыть

quyon muchali haqida 1

Psixologiya
Quyon muchali haqida

Оставьте комментарий