Senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4 avgust kuni boʻlib oʻtadi

Senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4 avgust kuni boʻlib oʻtadi

senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4 avgust kuni bocabblib ocabbtadi 660b792ce95d9Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Senatning qirq uchinchi yalpi majlisini 2023 yilning 4 avgust kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan yalpi majlisda qator qonunlar hamda masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

 

Ular orasida quyidagi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi hujjatlar mavjud:

  • “Advokatura toʻgʻrisida”gi;
  • “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi;
  • “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi ;
  • “Veterinariya toʻgʻrisida”gi;
  • shuningdek, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga va kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator NHHlarga.

 

Yalpi majlisda “Gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun va daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olishning atrof muhit, suv va yoʻl хoʻjaligi ob’yektlariga salbiy ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilinadi.

 

 

Savollarga javoblar
Senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4 avgust kuni boʻlib oʻtadi

manba:norma.uz