KRITIK HAJM

KRITIK HAJM

KRITIK HAJMmodda (yoki moddalar aralashmasi) ning kritik holatdagi solishtirma hajmi. Har bir modda xususiy Kritik hajmga ega. Moddaning suyuq holatidagi hajmi shu moddaning Kritik hajm idan katta boʻla olmaydi. Chunki t-ra ortishi bilan suyuqlikning hajmi kengayadi, bugʻlanish ham ortadi. Bugʻning zichligi ortsa, solishtirma hajmi kamayadi. Vatijada, Kritik hajmda suyuqlik eng katta hajmga ega boʻladi. Kritik holatda moddaning suyuq va gaz fazalarining solishtirma hajmi tenglashadi (baʼzi moddalarning Kritik hajmk qiymati kritik nuqta maqolasida berilgan).

Ensiklopediya.uz
KRITIK HAJM