KRISTALLIZATSION SUV

KRISTALLIZATSION SUV

KRISTALLIZATSION SUVmineral hosil boʻlishning tabiiy jarayonlarida ishtirok qiluvchi suv. Koʻp minerallarning hosil boʻlishida ularning tarkibiga joylashishning turli shakllarida kiradi. Agarda bu jarayon Yer poʻsti chuqur qismlaridan uning yuzasigacha koʻrib chiqilsa, bunda suvning kirish shakli asta-sekin, kapillyarli yoki plyonkalidan gidroksilli (ON), kristallogidratli koʻrinishda, hattoki seolitli shakligacha oʻzgaradi. Minerallar boʻyicha bu zonallik eng yuqori t-rali biotit va muskovit [suvning 0,9 dan 0,5% gacha (ON) shaklida]dan mirabilit (Na2SO410H2O)ra4a (H2O shaklidagi suv miqdorining 56% mavjud) koʻrsatilgan. Kristallizatsion suv baʼzida hosil boʻlayotgan minerallarda gazli — suyuqli — qattiq aralashmalar koʻrinishida saqlanadi. Minerallar 300° dan past t-rada qizdirilsa, issiqlik yutilishi natijasida Kristallizatsion suv ajralib chiqadi.

Ensiklopediya.uz
KRISTALLIZATSION SUV