KOVACH

KOVACH

KOVACH Mixal (1930.5.8, Slovakiyaning Gumenne tumanidagi Lyubisha qishlogʻi) — Slovakiya Respublikasining birinchi prezidenti (1993—98). Bratislavadagi Savdo akademiyasi va Iqtisod in-tini tugatgan. 1956—89 y. larda bank tizimida ishlagan. Slovakiya moliya vaziri (1989—91), Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi (CHSFR) Federal majlisi deputati (1990-y. dan). «Demokratik Slovakiya uchun» harakati raisi oʻrinbosari (1991), CHSFR federal majlisi deputata va raisi (1992-y. iyundan 31 dek. gacha).

Ensiklopediya.uz
KOVACH