KOBUL

KOBUL

KOBULAfgʻoniston va Pokistondagi daryo. Hind daryosining eng katta oʻng irmogʻi. Oʻz. 460 km, havzasining mayd. 75 ming km2 chamasida. Koʻhi Bobo tizmasining yon bagʻridan boshlanadi. Avval togʻlar orasidan oqadi, keyin Jalolobod choʻkmasidan oʻtgach, Peshovar sh. yaqinida tekislikka chiqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yozda sersuv, oʻrtacha suv sarfi 700 m3/sek. Quyilish joyidan yuqori oqimiga tomon (120 km gacha) kichik kemalar qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi. GES lar, suv omborlari qurilgan. Daryo boʻyida Kobul, Jalolobod va Peshovar sh. lari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
KOBUL

Оставьте комментарий