KORRIDA

KORRIDA

KORRIDA (ispancha corrida de toros — buqalarning chopishi) — ispan milliy tomoshasi. 11-a. dan maʼlum. Hoz. sirk tomoshasi sifatida 18-a. da shakllangan. 12—14 kishi (torero)dan iborat guruh qatnashadi. Korrida davomida torerolar buqani yarqiragan lattalar bilan qoʻzgʻatadi, pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib gʻazablantiradi. Asosiy ijrochisi — matador (espada)ning buqa bilan jang oʻyini, odatda, hayvonning oʻldirilishi b-n tugʻallanadi. Ispaniya, Portugaliya, Jan. Fransiya, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlarida keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
KORRIDA

Оставьте комментарий