KORO

KORO

KORO (Corot) Kamil (1796.16.7 – Parij — 1875.22.2) — fransuz rassomi, fransuz realistik manzara janrining asoschilaridan. Italiyada boʻlgan (1825— 28, 1834,1843), 1862-y. da Belgiya, Gollandiya, Londonga oʻquv safarlari bilan borgan. Koro ijodiga tabiatga qiziqish, uni lirik his etish xos. Ijodini klassik anʼanalarda manzaralar yaratish b-n boshlagan («Venetsiyada tong», taxm. 1834; «Gomer va choʻponlar», 1845 va b.), 1850-y. lardan Koro asarlarida koʻtarinki ruh, yetuklik, orzu ohanglari kuchaydi, tabiatni oʻzgaruvchan holatini ifodalashga, lahzani muhrlashga, ilk taassurotlar sofligini saqlashga intildi («Sevr yoʻli», 1855—60; «Mortefonten xotiralari», 1864; «Shamol xuruji», 1865—70 va b.). 1860-y. dan atrof muhit b-n uygʻunlashgan portretlar yaratgan. Koro, shuningdek, rasm, litografiya, ofortlari b-n ham mashhur.

Ensiklopediya.uz
KORO

Оставьте комментарий