KOMMUNIKATSIYA
KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: «inson-inson», «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina». Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli;
Ensiklopediya.uz
KOMMUNIKATSIYA