KOMPLEKSONOMETRIYA

KOMPLEKSONOMETRIYA

KOMPLEKSONOMETRIYA, xelatometriya, trilonometriya — titrlash orqali eritmadan metall ionlari miqdorini aniqlash usuli. Bu usul metall ionlarini etilendiaminpolikarbon kislotalari bilan kompleks birikmalar hosil qilishiga asoslangan. Etilendiamin va karbon kislotalarining birikishi natijasida hosil boʻladigan birikmalar komplekse n l a r deyiladi. Ular umumiy holda quyidagicha ifodalanadi: (NOOS—R)2 NCH2-CH2-N(RCOOH)2, bu yerda R — alifatik radikallar.

Ensiklopediya.uz
KOMPLEKSONOMETRIYA

Оставьте комментарий