KOLUMBIYA UNIVERSITETI

KOLUMBIYA UNIVERSITETI

KOLUMBIYA UNIVERSITETI — AQSHning yetakchi un-tlaridan biri. 1754-y. Nyu-Yorkda Kinge kolleji (Qirollik kolleji) negizida tashkil etilgan. 1912-y. un-t maqomini va hoz. nomini olgan. Siyosiy fanlar, falsafa, mat., tabiiy fanlar, tibbiyot, huquq, texnika, amaliy fanlar, meʼmorlik, kutubxona ishi, sanʼat va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tda 18 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. 30 dan ortiq kutubxonasi bor.

Ensiklopediya.uz
KOLUMBIYA UNIVERSITETI