KOLLOID KIMYO

KOLLOID KIMYO

KOLLOID KIMYO — kimyoning dispers sistemalar xossalari, fazalararo chegara sirtlarida sodir boʻladigan hodisa va jarayonlarni oʻrganadigan boʻlimi. 19-a. ning 60-y. larida mustaqil fan sifatida shakllandi. Fizik-kimyoning maxsus tadqiqot usullari: ultramikroskopiya, ultrafiltrlash, ultratsentrifugalash, dializ, elektrodializ, elektroosmos, elektroforez, dispersion analiz; nefelometriya, reologiya, elektron mikroskopiya, xromatogʻrafiya va b. K. k. ta-raqqiyotida muhim rol oʻynadi. Kolloid kimyo kimyo sanoati va kimyo-texnologiyada katta ahamiyatga ega. Xom ashyoni maydalash, boyitish (flotatsiya), tindirish, choʻktirish, briketlash va donalash kabi jarayenlar dispers sistemalarda sodir boʻladi va bu jarayonlardagi hoʻllanish, kapillyarlik, adsorbsiya, sedimentatsiya, koagulyatsiya, flokulyatsiya kabi hodisalarni ham Kolloid kimyo oʻrganadi. Oʻzbekistonda Kolloid kimyo ningrivojlanishidaakad. Kolloid Kimyo Axmedov rahbarligidagi ilmiy maktabning xizmati katta. Olim va uning shogirdlari tomonidan mineral dispers sistemalar (tuproq, tabiiy mineral sorbentlar, sement, keramik qorishmalar, burgʻulash eritmalari va emulsiyalari va b.)ning xossalarini boshqarishda sirt faol moddalar va polielektrolitlardan ratsional foydalanish usullari ishlab chiqildi. K-4, K-9, «Uniflok», OGS kabi yangi polielektrolitlar suvni flokulyatsiya yoʻli b-n qayta tozalashda, yuvindi va oqova suvlardan oltin ajratib olishda, tuproq strukturasini yaxshilashda, tuproq suvini tejashda, tuproq erroziyasiga qarshi kurashda, yerning shoʻrini yuvishda, rangli metallarni ajratib olishda, koʻchma qum va shoʻr tuproq-gruntlarning harakatini (Orol dengizi atrofida) toʻxtatishda va b. da qoʻllaniladi. Kolloid kimyo sohasidagi ilmiy ishlar Oʻzbekistonda FA umumiy va noorganik kimyo in-tida, Toshkent kimyotexnologiya in-tida hamda OʻzMU ning kolloid kimyo kafedrasida olib boriladi. Ayni vaqtda tabiiy gaz, gaz kondensatlari va b. xom ashyolardan sirt faol moddalar, suvda eruvchan polimerlar va polielektrolitlar olish, ularni amaliyotga tatbiq qilish borasida Oʻzbekiston yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi.

Ensiklopediya.uz
KOLLOID KIMYO