KOKAIN

KOKAIN

KOKAIN (Cocainum) — koka butasi bargidan olinadigan alkaloid. Rangsiz, taʼmi achchiq, suvda yaxshi eriydigan kristall. Ogriqsizlantiruvchi moddalar guruhiga kiradi. Kuchli zaharlovchi taʼsiri borligidan faqat konyunktiva, mugoʻz parda, ogʻiz, burun, tomoq shilliq pardalari, siydik chiqarish nayi va b. ni mahalliy ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Kokainga ruju qilinganda unga oʻrganib qolinadi (kokainizm). Hadeb isteʼmol qilinaversa, narkomaniyaga olib kelishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
KOKAIN

Оставьте комментарий