KODON

KODON

KODON — genetik kodning muayyan (diskret) birligi. Kodon informatsion ribonuklein kislotaning bir qismi boʻlib, triplet xarakteriga ega, yaʼni ketma-ket joylashgan uchta nukleotidlar toʻplamidan iborat. Kodon bitta aminokislota qoldigʻini, oqsil sintezining boshlanishi (insiatsiya Kodoni) yoki tamom boʻlishi (terminatsiya Kodoni)ni ifodalovchi belgi xisoblanadi. 64 ta Kodondan 61 tasi aminokislotalarni, oqsil biosintezining boshlanishi va tugʻallanishini ifodalaydi. Bitta aminokislotaga bittadan (fenilalanin) oltitagacha (leysin) K. toʻgʻri keladi. Yonma-yon turgan K. lar bir-birini qoplamaydi, yaʼni birinchi K. ning oxirgi nukleotidi undan keyingi K. ning boshlangʻich nukleotidi boʻlolmaydi. Kodonlar universal xarakterga ega, yaʼni barcha tirik organizmlar uchun umumiy boʻladi.

Ensiklopediya.uz
KODON

Оставьте комментарий