KLIZMA

KLIZMA

KLIZMA (yun. klisma — yuvish) , hu q n a — davo maqsadida toʻgʻri ichakka anus orqali maxsus asbob yordamida suyuk,lik (koʻpincha suv) yuborishdan iborat tabiiy muolaja. Tozalovchi, diagnostik, davo, dori va oziq Klizmalar farq qiladi. Klizma uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlik qisqichi yoki joʻmragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) yoki Esmarx krujkasidan (uni taqlif etgan nemis olimining nomi bilan atalgan) foydalaniladi. Tozalovchi Klizma qabziyatpe., oziq-ovqatdan zaharlanganda, shuningdek, kasalliklarni davolashda, meʼda-ichak yoʻlini va kichik chanok, aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq Klizmadan oldin qoʻllaniladi. Baʼzi bir davo Klizmasi, ayni vaqtda, tozalovchi Klizma oʻrnini ham oʻtaydi (mas, moychechakli, gipertonik, yogʻli va b. K. lar). Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Klizmaning taʼsiri suyuqlik mikdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborilishiga bogʻliq. D o r i K. dori ,moddalarning ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali soʻrilishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi. Dori Klizmadan oldin, albatta, tozalovchi Klizma qilinadi. O z i q K. — sunʼiy ovkatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh toʻziga va bir oz miqdorda boʻlsada, oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllaniladi. Bunday Klizmani ham tozalovchi Klizmadan keyin oʻtkazish lozim. Klizmaning bu xili vrach koʻrsatmasiga binoan davolash muassasalarida oʻtkaziladi.

Ensiklopediya.uz
KLIZMA