KIMYOVIY MELIORATSIYA
KIMYOVIY MELIORATSIYA — kimyo viy yoʻl bilan tuproqning xususiyatlarini yaxshilash va q. x. ekinlarining hosildorligini oshirish tadbirlari tizimi. Kimyoviy melioratsiyada tuproqning ildiz tarqaladigan qatlamidan ekinlar uchun zararli tuzlar ketkaziladi; nordon muhitli tuproqlarda vodorod va alyuminiy, shoʻrtob tuproqlarda natriy (ularning tuproq singdirish majmuida boʻlishi tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarini yemonlashtiradi va unumdorligini pasaytiradi) mikdori kamayadi.
Ensiklopediya.uz
KIMYOVIY MELIORATSIYA