KIM Vladimir Vasilyevich

KIM Vladimir Vasilyevich

KIM Vladimir Vasilyevich (1929. 25.9, RF Xabarovsk oʻlkasi, Bikino sh.) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), iktisod fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tugatgan (1950). Toshkent xalq xoʻjaligi inti q. x. iqtisodiyoti kafedrasida oʻqituvchi, dos., kafedra mudiri (195682), Oʻzbekiston FA falsafa, iqtisod, yuridik fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1982—84), Toshkent xalq xoʻjaligi inti prorektori (1985—94). 1995-y. dan Toshkent iqtisodiyot un-tida maslahatchi. Ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi paxtakor xoʻjaliklarda i. ch. samaradorligini oshirish, respublika agrosanoat majmuida iqtisodiy oʻsish va uni taʼminlash omillari, q. x. tarmoqlarida samaradorlikni baholash metodologiyasi masalalariga bagishlangan.

Ensiklopediya.uz
KIM Vladimir Vasilyevich