KARDIOLOGIYA

KARDIOLOGIYA

KARDIOLOGIYA (kardio… va…logiya) — tibbiyot fanining bir boʻlimi: yurak-tomir sistemasining tuzilishi, funksiyasi va kasalliklarini, ularning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, oʻziga xos kechishi hamda diagnostikasini oʻrganadi, shuningdek, ularni aniqlash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Kardiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 19-20-a. larga toʻgʻri keladi. Bu Aristotel, Gippokrat, Dioskorid, Galen va Ibn Sinolarning faoliyati bilan bogʻliq. 1628-y. ingliz vrachi Garvey qon aylanish doirasini tavsiflaganidan soʻng Kardiologiya masalalariga oid bilimlar toʻplana bordi. 1761 i. avstraliyalik vrach Auenbrugger ichki aʼzolarni tadqiq etishning yangi usuli — perkussiyapp kashf etdi. 19-a. da stenokardiya, revmatizm, yurak poroklariga xos klinik alomatlar aniqlandi. Fransuz vrachi J. Buyo (1835) va G. I. Sokolskiy (1836) asarlarida revmatizm va yurakning shikastlanishi oʻrtasida bogʻliklik borligi haqidagi fikrlar ilgari surilgan. Fransiyalik olim R. Laennek tomonidan 1816-y. stetoskopnit ixtiro etilishi va amaliyetda auskultatsiya usulining joriy qilinishi (1819) tufayli yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi koʻlami ancha kengaydi.

Ensiklopediya.uz
KARDIOLOGIYA

Оставьте комментарий