QORAQATDOSHLAR

QORAQATDOSHLAR

QORAQATDOSHLAR — ikki urugʻpallalilarga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, buta va kichik daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, yon bargchasiz, ketma-ket qarama-qarshi yoki rozetka holida joylashgan. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, toj-barglari 5, baʼzan 4 ta, bittadan yoki toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi koʻsak-cha, 35 turkumi (600 turi) mavjud, asosan, Shim. yarim sharning sovuq va moʻtadil mintaqalarida, ayniqsa, togʻlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turkumga mansub 6 turi oʻsadi. Bular ichida isteʼmol qilinadigan qoraqat keng tarqalgan. Qoraqatdoshlarning toshyorar, gortenziya, filodelfiya turkumi vakillari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Badan turi tarkibida 20% gacha oshlovchi moddalar bor. Q. ning hamma turlari asalarilar uchun oziq.

Ensiklopediya.uz
QORAQATDOSHLAR

Оставьте комментарий