KARAVAJO

KARAVAJO

KARAVAJO (Caravaqqio, asli Merizida Karavajo) Mikelanjelo (1573. 28.9, Lombardiya —1610.18.7, Toskana) — italiyalik rassom. 17-a. Yevropa rangtasvirida realistik yoʻnalish asoschisi. Milanda tahsil olgan (1584 — 88). Rim, Neapol, Malta o., Sitsiliyada yashab ijod qilgan. Karavajo ijodida manyerizm va akademizm sanʼatiga xos boʻlgan obrazlarni ideallashtirishga individual taʼsirchanlikni («Kasal kichkintoy Vakx»), mavzuni majoziy talqiniga naturani bevosita kuzatishni («Mevali savat koʻtargan oʻspirin» va b.) qaramaqarshi qoʻyadi. Antik mavzulardagi asarlari («Vakx», 1592—93, Karavajo. «Lyutna chalayotgan qiz» (1595). Ufissi galereyasi)da bayramlar, begʻubor shoʻxlik ruhi aks etgan. Rangtasvirning yangi turlari — natyurmort («Savatdagi mevalar», 1596), maishiy («Folbin» va b.) janrlarning shakllanishiga katta hissa qoʻshdi. Diniy mavzudagi asarlari («Misrga yoʻl olganlar xordigʻi» va b.) ga ham chuqur hayotiy ruh baxsh eta olgan. Yirik polotnolari katta dramatik kuchga ega («Avliyo Pyotrning mixlanishi», 1601; «Tobutga qoʻyish», 1604; «Avliyo Matvey azoblari», 1606 — hammasi Rimda; «Mariyaning oʻlimi», 1606, Luvrda). Karavajo ijodi rangtasvir usuli, nursoyaning nihoyatda keskinligi, harakatlarning soddaligi, boy koloriti, asarlaridagi extiros va dramatik ruhi bilan diqqatga sazovor.

Ensiklopediya.uz
KARAVAJO

Оставьте комментарий