KARASLAR

KARASLAR

KARASLAR (Caras sius) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari urugʻi. Tanasining uz. 45 sm gacha, vazni 3 kg gacha. 2 turi, jumladan, Oʻzbekiston suv havzalarida kumushtovon karas (Carassius afi nus gibello Bloch) uchraydi. Tanasining shakli zogʻora baliqnikiga oʻxshaydi, lekin moʻylovining boʻlmasligi bilan undan farq qiladi. Yirik suyak tangachalar b-n qoplangan tanasining orqa tomoni och yashil yoki toʻq jigarrang, yon tomonlari tillarang tusda. Juft suzgichlari qizgʻish. Sekin oqadigan, tubi loyqa suv havzalarida uchraydi. Mayda suv hayvonlari, fitoplankton va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. 2—4 yoshida voyaga yetadi. Bahor va yoz oylarida uchraydi. Suv oʻsimliklari orasiga 160—400 ming uvildiriq sochadi. Kumushtovon galasi, odatda, faqat urgʻochi baliqlardan iborat. Erkaklari nihoyatda kam uchraydi. Uvildirigʻini boshqa yaqin turlar otalantiradi. Uvildiriqdan urgʻochi baliqlar chiqadi. Oʻzbekistonda Sirdaryo, Amudaryo, Surxon va Zarafshon vodiysi suv havzalarida uchraydi.

Ensiklopediya.uz
KARASLAR