FUDZIYAMA

FUDZIYAMA

FUDZIYAMA, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov maʼbudasi, yaponcha yama, san — togʻ) — Xonsyu o. dagi soʻnmagan vulkan, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Tokio sh. dan taxm. 100 km jan. gʻarbda. Bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—08 y. larda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuq. 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan krplanib yotadi. Yon bagʻirlari doim yashil oʻrmon va butazorlar. Milliy bogʻ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning «muqaddas togʻi». Turistlar koʻp boradi.

Ensiklopediya.uz
FUDZIYAMA

Оставьте комментарий