Alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida she’rlar to’liq malumot oling

Alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida she’rlar to’liq malumot oling

Alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida she’rlar

alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida sherlar 1

0 raqami

”Diqqat mening nomim nol,

O’quvchim sen ogoh bo’l.

Yolg’iz tursam yo’qman men,

Sherik bo’lsa to’qman men.

Yozilishim qiyinmas

Dum-dumaloq chizsang bas!

1 raqami

Bir degan sanoq sonman ,

Sanash uchun osonman

Bitta yurak bitta bosh,

Bitta oy, bir quyosh,

Yozishga ham o’ng’ayman,

Qoziqchaga o’xshayman

2 raqami

Ikki degan nomim bor,

Ikki birdan men tayyor.

Ikki qo’l, ikki oyoq,

Ikki ko’z, ikki quloq,

Nimaga o’xshayman xo’sh

Xuddi ko’ldagi oqqush !

3 raqami

Uchta birman nomim uch,

Birlashganda bo’lar kuch.

Uchgacha sanayman der,

Shart o’ynagan har bir sher.

Yozish uncha qiyinmas,

Tishlangan ikki kulcha.

4 raqami

Men to’rt degan raqamman,

Ikki ikkidan jamman.

Bo’lsa ikki juft o’rtoq,

To’rtta ulfat o’sha choq.

Yozishni mashq qil picha,

Bir oyog’i narvoncha !

5 raqami

Besh degulik nomim bor,

Raqamlar ichra ilg’or.

Bir-bir qo’shsa anchaman,

Qo’ldagi besh panjaman.

Yaxshi tirish yozmoqqa,

Sal o’xshayman qarmoqqa.

6 raqami

Beshdan keyin oltiman,

Raqamlarning oldiman

Ikki uchni qo’shsang bas,

Hech qachon esdan chiqmas .

Yozishni lozim bilmoq

Go’yoki oddiy ilmoq

7 raqami

Mening nomimdir yetti,

Endi demanglar mitti.

Oltidan bitta ko’pman,

Yetti yulduzman to’pman.

Chizginda kichik o’roq,

Beliga boyla belboq.

8 raqami

Sanamay demang sakkiz,

Ikki to’rtni qo’shsangiz,

Hosil bo’laman shu on,

Yaxshi bilgin ukajon

Yozilishim bil qani,

Tasavvur qil pillani.

9 raqami

Men to’qqizman to’qqizman,

Sonlar ichra yolg’izman.

Sakkizdan bitta katta,

Bilib qo’ygin albatta.

Yozishni o’rgan asta.

Ilmoqman dumi pastda.

Darsliklar
Alifbe bayrami va matematika tadbiri uchun raqamlar haqida she’rlar

Оставьте комментарий