KIR II
KIR II Buyuk, Kurush , Kirauava-uxsh (? — mil. av. 530) — qad. Eron shohi (mil. av. 558—530). Axomaniylar sulolasidan. Mil. av. 558-y. Midiyaga tobe fors qabilalari ittifoqini boshqargan va 553-y. qoʻzgʻolon koʻtarib Midiya taxtini egʻallagan (mil. av. 550) va Midiya podsholarining rasmiy unvonlarini qabul qilib, bu bilan axomaniylar sulolasiga asos solgan. Shundan soʻng Parfiyani, 546-y. esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon davlatlarini bosib olgan. 545—539-y. larda Dra-ngʻiyona, Margʻiyona, Xorazm, Sugʻdiyona, Baqtriya, Areyya, Gedrosiya, xaumavarg saklari yashaydigan hududni, Sattagidiya, Araxosiya va Gandxarani istilo qilgan. 539-y. K. II qoʻshinlari Bobiyann bosib olgan. Bobildan gʻarbda, Misr chegaralarigacha joylashgan mamlakatlar forslarga oʻz ixtiyorlari bilan boʻysunishgan. K. II Bobil, Ossuriya, Elam va Iudeya (Yahudiya)dagi ibodatxonalarni, shuningdek, Bobil sh. devorini tiklagan. Bobil shoxlari tomonidan Mesopotamiyaga zoʻrlab koʻchirilgan xalqlarga Kir II oʻz yurtlariga qaytishlariga ruxsat bergan. Bobil podshoh qarorgohlaridan biriga aylangan va Kir II «Bobil podshohi, mamlakatlar shohi» unvonini olgan. 530-y. iyulida K. II Oʻrta Osiyodagi massagetlar ustiga yurish qilgan, birok, Toʻmaris rahbarlik qilgan massagetlar bilan boʻlgan jangda uning qoʻshini butkul tor-mor keltirilib, Kir II halok boʻlgan. Kir II obrazi qad. sharq va antik adabiyotda chuqur iz qoldirgan. Mas, Ksenofontnit «Kiropediya» asari oʻnga bagʻishlangan.
Ensiklopediya.uz
KIR II