BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ
BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ
DO`STLARGA ULASHING:
Bo’g’irsoq
Masalliqlar:
• Un – 1 kg
• Sut – 400 ml
• Tuxum – 2 dona
• Sariyog’ – 150 g
• Shakar – 1 stakan
• Tuz – ta’bga ko’ra
• Qovurish uchun o’simlik yog’i – 1l
Tayyorlash usuli:
• Shakar va tuzni sutda eritamiz, tuxumlarni chaqib sariyog’ solamiz. Aralashmani unga quyib qo’zg’aymiz. Xamirni paketga o’rab 30-40 daqiqa tin oldirishga qo’yamiz.
• Xamirni bo’laklarga ajratamiz va oddiy yong’oq hajmida kesib chiqamiz. Xamirni chovli yoki to’r suzgichda biroz aylantiramiz.
• Kerakli olov haroratida o’simlik yog’ida hamma tomonini qovurib olamiz
Qush tili
Masalliqlar:
• Un – 1 kg
• Sut – 400 ml
• Tuxum – 2 dona
• O’simlik yog’i – 150 g
• Shakar – 1 stakan
• Tuz – ta’bga ko’ra
• Qovurish uchun o’simlik yog’i – 1l
Tayyorlash usuli:
• Shakar va tuzni sutda eritamiz, tuxumlarni chaqib sariyog’ solamiz. Aralashmani unga quyib qo’zg’aymiz. Xamirni paketga o’rab 30-40 daqiqa tin oldirishga qo’yamiz.
• Xamirni ingichka qilib aylantirib maxsus rolikli kesgichda kichik to’rtburchaklar, romblar yoki uchburchaklar shaklida kesib chiqamiz.
• Har bir romb o’rtasini pichoq bilan uzunchoq teshik qilib kesib qo’yamiz. Ayni shu joyidan keyinroq Qush tilining bir burchagini burab ochamiz.
• Frityurda qovurib olamiz.
Qovurma chuchvara
Masalliqlar. Xamirga:
• Un – 500 g
• Suv – 1 stakan
• Tuxum – 1 dona
• Tuz – 1 choy qoshiq
Ichiga qo’shishga:
• Qo’y go’shti – 500 g
• Oddiy piyoz– 400 g
• Tuz – 1 choy qoshiq
• Maydalangan garmdori – 0,5 choy qoshiq.
Tayyorlash usuli
• Stakandagi iliq suvda choy qoshiqdagi tuzni eritib, tuxum qo’shamiz hamda yaxshilab aralashtiramiz. Mikser idishiga 500 g un sepib hosil bo’lgan suyuqlikni solamiz. Xamirni 10 daqiqa sekin-sekin yumalatamiz. Xamirni tindirish uchun 30-40 daqiqa idishda qoldiramiz.
• Xamir tayyor bo’lgunicha chuchvaralar uchun qiyma tayyorlaymiz. Avvaliga go’sht va piyozni qiymalagichdan o’tkazamiz. Choy qoshiqda tuz va yarim choy qoshiq garmdori qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.
• Xamirni 1-1,5 mm qalinligidagi tasma qilib dumalatamiz. Tomonlaridan 5 sm kvadratchalar shaklida kesib chiqamiz. Har bir kvadratga yarim choy qoshiqda qiyma solib chuchvara tugamiz.
• Chuchvaralarni uncha katta bo’lmagan miqdorlarda tillar rang olgunicha qizitilgan ko’p miqdordagi yog’da qovuramiz. Teshik kapgir bilan olamiz.
korzinka.uz
BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ