BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ to’liq malumot oling

BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ to’liq malumot oling

Sharq xalqlari o’zlarining tansiq taomlari bilan nom qozonganlar. Ayniqsa, Hayit ayyomi dasturxoniga tortiladigan taomlar o’ziga xos o’ringa ega. Muqaddas kunda bekajonlar an’anaviy tarzda xamirdan qilinadigan mazali qovurma yeguliklar – Bo’g’irsoq, Qush tili, Chak-chak va Qovurma chuchvara tayyorlashadi. Ushbu shirinliklarni oson va tez pishirish sirlarini korzinka.uz retseptlar jamlanmasida bilib olishingiz mumkin.
Mundarija скрыть

 Bo’g’irsoq

bayram dasturxoniga taomlar tayyorlaymiz 1 BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ to'liq malumot oling

Masalliqlar:

•            Un – 1 kg

•            Sut – 400 ml

•            Tuxum – 2 dona

•            Sariyog’ – 150 g

•            Shakar – 1 stakan

•            Tuz – ta’bga ko’ra

•            Qovurish uchun o’simlik yog’i – 1l

Tayyorlash usuli:

•          Shakar va tuzni sutda eritamiz, tuxumlarni chaqib sariyog’ solamiz. Aralashmani unga quyib qo’zg’aymiz. Xamirni paketga o’rab 30-40 daqiqa tin oldirishga qo’yamiz.

•           Xamirni bo’laklarga ajratamiz va oddiy yong’oq hajmida kesib chiqamiz. Xamirni chovli yoki to’r suzgichda biroz aylantiramiz.

•            Kerakli olov haroratida o’simlik yog’ida hamma tomonini qovurib olamiz

 Qush tili

bayram dasturxoniga taomlar tayyorlaymiz 2 BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ to'liq malumot oling

Masalliqlar:

•         Un – 1 kg

•         Sut – 400 ml

•         Tuxum – 2 dona

•         O’simlik yog’i – 150 g

•        Shakar – 1 stakan

•        Tuz – ta’bga ko’ra

•          Qovurish uchun o’simlik yog’i – 1l

Tayyorlash usuli:

•            Shakar va tuzni sutda eritamiz, tuxumlarni chaqib sariyog’ solamiz. Aralashmani unga quyib qo’zg’aymiz. Xamirni paketga o’rab 30-40 daqiqa tin oldirishga qo’yamiz.

•        Xamirni ingichka qilib aylantirib maxsus rolikli kesgichda kichik to’rtburchaklar, romblar yoki uchburchaklar shaklida kesib chiqamiz.

•        Har bir romb o’rtasini pichoq bilan uzunchoq teshik qilib kesib qo’yamiz. Ayni shu joyidan keyinroq Qush tilining bir burchagini burab ochamiz.

•         Frityurda qovurib olamiz.

 Qovurma chuchvara

bayram dasturxoniga taomlar tayyorlaymiz 3 BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ to'liq malumot oling

Masalliqlar. Xamirga:

•        Un – 500 g

•        Suv – 1 stakan

•       Tuxum – 1 dona

•        Tuz – 1 choy qoshiq

Ichiga qo’shishga:

•         Qo’y go’shti – 500 g

•        Oddiy piyoz– 400 g

•         Tuz – 1 choy qoshiq

•         Maydalangan garmdori – 0,5 choy qoshiq.

Tayyorlash usuli

•         Stakandagi iliq suvda choy qoshiqdagi tuzni eritib, tuxum qo’shamiz hamda yaxshilab aralashtiramiz. Mikser idishiga 500 g un sepib hosil bo’lgan suyuqlikni solamiz. Xamirni 10 daqiqa sekin-sekin yumalatamiz. Xamirni tindirish uchun 30-40 daqiqa idishda qoldiramiz.

•        Xamir tayyor bo’lgunicha chuchvaralar uchun qiyma tayyorlaymiz. Avvaliga go’sht va piyozni qiymalagichdan o’tkazamiz. Choy qoshiqda tuz va yarim choy qoshiq garmdori qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.

•         Xamirni 1-1,5 mm qalinligidagi tasma qilib dumalatamiz. Tomonlaridan 5 sm kvadratchalar shaklida kesib chiqamiz. Har bir kvadratga yarim choy qoshiqda qiyma solib chuchvara tugamiz.

•        Chuchvaralarni uncha katta bo’lmagan miqdorlarda tillar rang olgunicha qizitilgan ko’p miqdordagi yog’da qovuramiz. Teshik kapgir bilan olamiz.

korzinka.uz

Pazanda
BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ

Оставьте комментарий