ZURMALA MINORASI haqida

ZURMALA MINORASI haqida

ZURMALA MINORASI

ZURMALA MINORASI — Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (mil. av. 2-a.) Kushonlar davriga oid budda inshooti. A. Strelkov uni stupa deb hisoblagan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 3. m. xarobasining bal. 14,5 m gacha boʻlgan. Asosan toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (22 x 16 m), silindrsimon minora shaklida xom gʻishtdan qurilgan, tepasiga qubbagumbaz ishlangan, oqish ohaqtosh bilan qoplangan, asosida boʻrtma gorelyef haykallar boʻlgan. Toshtaxtalar hamda taroshlangan boʻlak parchalari koʻplab topilishi 3. m. ni tashqaridan ham tosh bilan qoplangan deb taxmin qilinadi.

Ad.: Termiz — Buyuk yoʻllar chorrahasidagi koʻhna va yangi shahar, T., 2001.

Ensiklopediya.uz
ZURMALA MINORASI