ZOKIRJON QIZIQ haqida

ZOKIRJON QIZIQ haqida

ZOKIRJON QIZIQ

ZOKIRJON QIZIQ Ovulov (1886 Andijon — 1975) — xalq qiziqchisi. 12 yoshidan Azim choʻkindining qiziqchilar toʻpida jarchilik, soʻng masxarabozlik qilgan. M. Mansurovning sirk truppasida (1904—05) Yusufjon qiziq Shakarjonovdan saboq olgan. Sobir qori, Ortiq, Rafiq, Karim kabi qiziqchilar b-n birga «Bola oʻqitish», «Ketmon tilash», «Oʻlik sotdi» kabi xalq komediyalarida oʻynagan. 1918—25 y. larda Mayramxon sirkida, A. Makarov, E. Xolmirzayev toʻplarida ishlagan. Keyinchalik turli sozanda toʻplarida, koʻpincha Ibrohim qiziq Teshaboyev bilan qiziqchilik qilgan. «Mamayusuf», «Kelin tushirdi», «Xoji kampir», «Toʻrt jinni» kabi qad. ogʻzaki komediyalarni tiklab, xalq orasida namoyish qilgan.

Ad.: Qodirov M., Masxaraboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.

Ensiklopediya.uz
ZOKIRJON QIZIQ