ZARPECHAK haqida

ZARPECHAK haqida

ZARPECHAK

ZARPECHAK, chirmovuq (Cuscuta L.) — chirmovdoshlar (Cuscutaceae) ra mansub tekinxoʻr oʻsimlik turkumi. Moʻtadil mintaqalargacha 170 turi uchraydi. Bargsiz va ildizsiz bir yillik oʻt, qatʼiy karantin obyekti. Poyasi chirmashib oʻsadi, ipsimon, sershox, tanasi sariq, yashilsargʻish yoki toʻq sariq. Gullari mayda oq yoki och pushti. Mevasi qattiq qobiqli bir qancha urugʻli dumaloq koʻsakcha, urugʻida oʻralgan murtagi bor. Murtakning tuklar bilan qoplangan kalin uchi tuproqqa oʻsadi, ikkinchi uchi urugʻ poʻstidan ajralib xoʻjayin oʻsimlikka chirmashadi va oʻralib, oʻsimlik toʻqimalariga chuqur kirib shirasini soʻradi va quritadi. 3. urugʻi va poyasidan koʻpayadi. Zarpechakning bir oʻsimligi 10—50 minggacha urugʻ beradi. Zarpechakning Oʻrta Osiyoda uchraydigan turlari: dala 3., asosan, beda, kanop, gʻoʻza, sabzavotpoliz va b. ni zararlaydi; beda 3., asosan, bedani, shuningdek, noʻxat, qashqarbeda va yantoqni zararlaydi; xitoy 3. kanop, jut, gʻoʻza, lavlagi, qovun, beda, qisman kartoshka pomidorni zararlaydi; yevro pa Zarpechak kanop, kartoshka, tamaki, qulmoq, beda, qashqarbeda, siren va b. buta hamda daraxtlarni zararlaydi; Kurash choralari: karantin, 3. tushgan bedapoyaga birinchi oʻrimdan keyin nitrafen yoki DNOK eritmasi, haydalgan bedapoya, uvat, yoʻl yoqalari, ekin ekilmagan yerlarga esa nitrafen eritmasi purkaladi.

Ensiklopediya.uz
ZARPECHAK