Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sahna ko’rinishlari to’liq malumot oling
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sahna ko’rinishlari
Shoh Bobur va shirin qovun sahna ko’rinishi
Mayin musiqa yangraydi. Bobur taxtda o’tiribdi. Atrofdagi uch-to’rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy ahvol, soliqlar to’g’risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so’rayotganini aytadi.
Bobur: -Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo’lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta’zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim.
Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne’matdan totib ko’ring, hazratim. Zora sog’inchingizga malham bo’lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo’llari
bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko’zlariga surtadi va o’ta g’amgin holda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo’ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog’ining isini, beqiyos ekinzorlarining
go’zalligini, bolaligim o’tgan go’zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to’kilgan Vatan -mening beshigim,
sog’inchim va tuganmas armonlarimdir.
Tole yo’qki jonimga balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
Boburni aldab bo’lmaydi sahna ko’rinishi
Falakning gardishi bilan Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib qolib, u yerning sultoni bo`libdi. Hindiston bog` — rog`i ko`p, meva – chevaga boy yurt ekan. Bobur “mendan yodgorlik qolsin” deb Hindistonning ko`rkam joyiga bir bog` barpo ettiribdi. Dunyodagi eng katta bu bog`ga turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi. Xalq dunyoga dong`i ketgan bu bog`ga “Bog`i Boburiy” deb nom qo`yibdi.
Bog`dagi daraxtlar hosilga kirib, biram meva beribdiki, ularni hech yerga sig`dirib bo`lmabdi. “Bog`i Boburiy”ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring, tarvuz bitibdi. Ammo qovun bilan handalak bo`lmabdi.
Shoh bir yil qovun ektiribdi, bitmabdi, ikkinchi yil ektiribdi, bitmabdi, uchinchi yil ham ektiribdi, baribir qovun bitmabdi.
Qovun bitishiga bitibdi – yu, birinchi yili gulidayoq hosilini tashlab yuboribdi, ikkinchi yili palagi “o`lib qolibdi”, uchinchi yil pishib yetmay turib so`lib qolibdi. Boburshoh bo`lsa qovun topishni talab qilaveribdi.
— Bu yil qovun ekib pishirmasanglar, hammangizni jazolayman, — deya g`azablanibdi.
Bog`bonlar nima qilishni bilmay rosayam boshlari qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay, uzoq Farg`onadan qovun olib kelishga ahd qilishibdi. Boburshoh bir necha oyga ovga ketib, qaytib kelgach, bog`bondan qovun yo`qlatibdi.
Bog`bonlar Farg`onadan keltirilgan qovunni olib borishibdi. Boburshoh qovunni hidlab ko`rib:
— Qayerda bitgan? – deb so`rabdi.
— “Bog`i Boburiy”da bitgan, — deb javob beribdi bog`bon.
— Yo`q, hidi boshqacha. Bunday hidli qovun bu yerda bitmaydi, faqat bir o`lkada yetishadi,
xolos. Sen meni aldayapsan, — debdi Boburshoh.
— Aldagan bo`lsam, bilganizni qiling shohim. Bu qovun “Bog`i Boburiy”da bitgan,
debdi bog`bon so`zidan qaytmay. Boburshoh qovunni hidlay – hidlay bo`yiga mast bo`lib, uni
tilimlamoqchi bo`libdi. Qovun pichoq tegar – tegmasdan tarsillab yorilib ketibdi.
Boburshoh bog`bonga qarab:
— Yolg`on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganingni ochiq aytasan. Pichoq tegar –
tegmay yorilib ketedigan qovun men bilgan o`lkadagina bitadi. Sen mening savolimga to`g`ri javob
bermading, qahrim qattiqligidan qo`rqmaysanmi, — debdi.
Boburshohni aldab bo`lmasligini bilgan bog`bon rostini aytishga majbur bo`libdi.
— Farg`ona viloyatidan keltirdik, — debdi ko`ziga jiqqa yosh olib.
Bog`bonning gapidan Boburshogning ko`ngli buzilib, yig`lab yuborishiga ozgina qolibdi.
(Bobur qovunni uzoq hidlab yuz – ko`ziga surtadi va o`ta g`amgin holda gapiradi)
— Raxmat, sizga. Vatanimning xushbo`ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoliyu, musaffo havosini, tabarruk tuprog`ning isini, beqiyos ekinzorlarining go`zalligini, bolaligim o`tgan go`zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota – onam mehrini tuydim. Kindik qonim to`kilgan vatan – mening beshigim, sog`inchim va tuganmas armonimdir.
… Bobur qo`lida qovun bilan
Davron meni o`tkardi saru samodin,
Ayerdi meni bir yo`la xonumondin.
Gah boshima toj, gah baloyi ta`na,
Nelarki boshimg`a kelmadi davrondin.
— Bobur Hindistonda shoh bo`lsada, bir umr vatanini, uning tuprog`ini, bag`ri keng odamlarini sog`inib yashadi.
— U o`zga yurt toju – taxtidan Vatanning bir siqim tuprog`ini afzal deb bildi. Shoir g`azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog`inchini his etamiz.
Bobur va kabutar
Mirzo Bobur yoshligidanoq ziyrak bola bo’lib o’sibdi. Kunlardan bir kun Umarshayx saroy a’yonlari bilan qasrda o’ltirgan ekan, bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga ko’nibdida, “g’ulu-g’ulu-g’ulu” qilaveribdi. Umarshayx a’yonlaridan Kabutar ne deydure deb so’rab qolibdi. Anchadan buyon urush ko’rmay qilichlari qonsirab qolgan a’yonlar: Oliyxazrat, kabutar qilichlarni qindan sug’urmoq kerak deydur, — deb javob berishibdi.
Gapga aralashmay bir chekkada jim o’ltirgan Mirzo Bobur: “Yo’q kabutar unday demaydur. Bobo qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor shu xushxavarni keltiribdur” — debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishni buyuribdi. Kabutani tutib kelib, oyog’idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi. Xatda: “Oliyhazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo’l urib bersalar” — deb yozilgan emish.
Mirzo Boburning gapi to’g’ri chiqqanidan xayratga tushgan Umarshayx o’g’lidan: “Mirzoning bunchalik bilag’on va topqirligiga bois nedur?” — deb so’rabdi. “Ota,— debdi Bobur. — “Bu kabutarga e’tibor qilmadingiz. O’tgan yili ham qovun sayli xushxavarini xuddi mana shu jonivor xavar qilg’on erdi, kaminaning ko’zi kabutarning o’ng qanotidagi qora xolga tushgan zaxoti ani tanidim va shu so’zni taxmin o’dim”, — deb javob beribdi.
Yosh Mirzoning xushyorligi, topqirligiga qoyil dolgan Umarshayx a’yonlariga qarab: “qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq, lozimdir. Havar qilinglar, varcha qovun sayliga otlansin”, — deb buyuribdi.
KO’HINUR Bobur va uning o’g’li Humoyun haqida sahna ko’rinishi
(Zahiriddin Muhammad Boburning o’g’li Humoyun mirzoga o’zini tasadduq qilgani haqida kichik sahna ko’rinishi)
Boshlovchi: Shoh Bobur Mirzo o’z saroyida a’yonlari yonida o’tiribdi. Shu payt u vaziriga yuzlanadi.
Bobur: Vaziri A’zam
Vazir: Labbay Mirzo hazratlari.
Bobur: Tog’li chekka hududlarimizdagi askarlarimiz nimalar bilan mashg’ullar?
Vazir: Qilichbozlik va boshqa jang mashqlarini bajarayaptilar va men ularni o’z nazoratimga olganman.
Bobur: Ofarin. Mening o’zim ham ertaga ularni tekshirgani boraman.
Vazir: Mirzo hazratlari huzuringizga Saroy tabibi tashrif buyurgan edi.
Bobur: Humoyun Mirzoning salomatligi xususidami?
Vazir: Albatta ushbu masalada.
Bobur: Marhamat kirsin.
Tabib Farruhbek: Assalomu alaykum mirzo hazratlari
Bobur: Va alaykum assalom. Ho’sh tabib hazratlari, o’g’lim Humoyunning salomatligi qanday?
Tabib Farruhbek: Mirzo Hazratlari meni afu etgaysiz, men o’g’lingizning dardiga shifo tapa olmadim.
Bobur: Vaziri A’zam! Nahotki bu kasalning yechimi bo’lmasa?
Vazir: Mirzo hazratlari, bosh tabibning aytishicha, ularning bir ustozlari juda ham kuchli tabib ekanlar.
Bobur: Toping o’sha tabibni!!!
Tabib Farruhbek: Mirzo hazratlari tabib ustozim shu yerda, Humoyun mirzoning oldilarida.
Bobur: Bo’lmasa Humoyun mirzoning xonasiga chiqamiz.
Tabib Avazxon: Assalomu alaykum mirzo hazratlari.
Bobur: Va alaykum assalom. Ho’sh tabib hazratlari qani o’g’limning salomatligi haqida gapiringchi.
Tabib Avazxon: Fikri ojizimcha, o’g’lingizga qimmatbaho bir narsani tasadduq qilishingiz, ya’ni fido qilishingiz kerak.
Bobur: Vaziri A’zam u nima bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
Vazir: Ustoz tabib meni o’ylashimcha Hazinamnizdagi butun olamning ikki kunlik harajatiga teng bo’lgan qimmatbaho Boburiylar olmosi, ya’ni Ko’hinur olmosi haqida gapirayaptilar.
Bobur: Humoyun mirzoga oriyati ramzi uchun Hind rojasining xotini hadya qilgan Ko’hinurnimi?
Vazir: Menimcha shunday.
Tabib Avazxon:: O’g’lingizning atrofida ushbu Ko’hinurni uch marta aylantirsangiz, bu olmos uning dardini olishi mumkin.
Bobur: O’g’lim uchun bir emas, ming ko’hinur fido bo’lsin. Ammo jonsiz narsadan uning uchun men o’zimni fido qilaman.
Arabboy: Zahiriddin Muhammad Boburning o’g’li Humoyun mirzoning atrofida uch marta aylanib shunday deydi.
Bobur: Ey yaratgan egam! Humoyunning bu dardini menga ber. Farzandimga shifo ber.
Arabboy: Oradan bir kun o’tar-o’tmas Humoyun kasallikdan butkul halos bo’ldi. Ammo Boburning o’zi kasal bo’lib qoladi.
Humoyun: Assalomu alaykum otajon.
Bobur: Va alaykum assalom o’g’lim.
Humoyun: Otajon meni kasalimni Ko’hinurga emas, o’zingizga olibsiz. Shu rostmi?
Bobur: O’g’lim, Ko’hinur olmosi hozir ham keyin ham dunyodagi eng qimmatbaho olmoslardan biri bo’lib qoladi. Ammo ota uchun dunyoda farzandidan azizroq narsa yo’qdir. Sening salomatliging mening boyligimdir.
Humoyun: Rahmat otajon.
Boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Boburning bunday jasorati bugun ham butun dunyoni lol qoldirib keladi. Afsonaviy, qimmatligi butun dunyoning ikki yarim kunlik harajatiga KO’HINUR olmosi uzoq vaqlar ya’ni 335 yil “Boburiylar” olmosi bo’lib qoldi.
Keyinchalik Buyuk Britaniya Hindistonni bosib olganidan keyin Britan Lordlaridan biri Ko’hinur olmosini qirolicha VIKTORIYAGA hadya qildi.
Boburiylar olmosi Angliya qirolichalari tojining tepasini bezab turadi.
Darsliklar
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida sahna ko’rinishlari