ZABONI GOV haqida

ZABONI GOV haqida

ZABONI GOV

ZABONI GOV (fors.-toj. — hoʻkiz tili) — tandir nonining qad. turlaridan biri. Uni Samarqand novvoylari temuriylar davrida kashf etishgan. Inqilobga qadar ham bunday non Samarqand bozorida sotilib turgan. Zaboni gov xamiri shirmoy non xamiri kabi qorilgan, odatdagicha yumaloq emas, balki qayiqsimon-oval shaklida yasalib, oʻrtasi nafis — 1 sm, chekka hoshiyalari 2—3 sm qalinlikda boʻlgan. Oʻrtasiga chakich urilgan, chekkalari pichoq bilan tilinib, naqsh berilgan. Tandirga yopib gʻoʻzapoya choʻgʻida pishirilgan. Zaboni govni pishirishni biladigan novvoylar hozir ham Samarqand va Shahrisabzda bor.

Ensiklopediya.uz
ZABONI GOV