Yurak sanchishi
Kardialgiya yurak revmotologik xastalanganda, miokarditda, yurakning tashqi pardasi shamollashi — perikardda yuzaga kelib, og‘riq uzoq, sanchiqli, zirqirab og‘ruvchi bo‘ladi va ko‘krakdan chaproqda paydo bo‘lib yo‘talganda va nafas olganda zo‘rayadi. Agar yurak atrofidagi og‘riq tana egilganda yoki burilganda, chuqur nafas olganda, nafas chiqarganda, qo‘llar harakatlantirilganda paydo bo‘lsa, bu radikulit yoki qovurg‘alarning kasallanganligi bo‘lishi mumkin.Yurak sanchishi
DO`STLARGA ULASHING:
Ba’zida nafasni olayotganimda yuragim sanchib qoladi. Bunday paytda qisqa-qisqa nafas olaman, to sanchish o‘tib ketmagunicha. Bu holat nimadan?
Sanchuvchi og‘riq paydo bo‘lishing sababi juda ko‘p: yurak kasallanganda, stenokardiya, infarkt miokardda, yurak shamollaganida, revmatologik xastaliklar. Nevrozda, ko‘krak qafasi va qovurg‘alar shamollaganida, oshqozon va ichak kasalliklarida esa og‘riq yurak atrofida va kurak atrofida seziladi.
Yurakdagi og‘riq 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
Anginoz (ishemik, stenokardiya) og‘riqlar hayajonlanganda, jismoniy zo‘riqishda qon oqimining kuchayishida yuzaga keladi. Shuning uchun bu og‘riq yurganda, hayajonlanganda, asabiylashganda paydo bo‘ladi va bu holatda shifokor bilan maslahatlashib, tezda nitroglitserin qabul qilinishi kerak. Ishemik og‘riqlar yondiruvchan, siqiluvchan, qisuvchan bo‘lib, odatda ko‘krak orqasida, o‘ng yelkada, qo‘lda, kurak tagida va jag‘ning pastki qismida kuzatiladi. Og‘riq kuchli nafas qisishi bilan kuzatiladi. Kuchli, ezuvchi, siquvchi, va yondiruvchi ko‘krak orqasida yoki chap tarafida paydo bo‘lgan og‘riq — o‘tkir miokard infarkti darakchisi bo‘lishi mumkin.
Qovurg‘a orasidagi sanchiqli, noaniq og‘riq asab tizimi kasalligi (nevroz)da ham uchraydi.
Ruhiy zo‘riqish, ruhiy tushkunlikda og‘riq bo‘yin va yelkada bo‘ladi. Bunda “yuragim og‘riyati shekilli” deb kardiologga murojaat etgan bemorni tinchlantirib, boshqa mutaxassislarga uchrash tavsiya etiladi.
Xuddi shunday och qolganda yoki ovqat yeganda og‘riq bo‘lsa, bu oshqozon yoki oshqozon osti bezi kasallanganligining belgisi bo‘lishim mumikn. Og‘riqning sababi umurtqa pog‘onasining ko‘krak qafasi kasalligi yoki osteoxondroz ham bo‘lishi mumkin.
Maslahatimiz holatning aniq sababini aniqlash uchun kardiologga murojaat qiling!
Yurak sanchishi