YUKATAN haqida

YUKATAN haqida

YUKATAN

YUKATAN — Meksikadagi shtat, Yukatan ya. o. ning shim. qismida. Mayd. 39,3 ming km2. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Merida shahri Relyefi ohaktoshlardan tuzilgan tekislik, bal. 250 m gacha boʻlgan qirlar uchraydi. Suv bilan taʼminlashda karst quduklarning ahamiyati katta. Iqlimi tropik iklim, yillik yogʻin 900 mm, jan. da 1200 mm gacha. Shim. da barg toʻkuvchi tropik, jan. da doim yashil moʻtadil nam oʻrmonlar bor. Iqtisodiyotining asosini plantatsiya xoʻjaliklari tashkil etadi. Xeneken tolasi eksport qilish uchun agava oʻstiriladi. Shuningdek, makkajoʻxori, sholi, dukkaklilar, shakarqamish, tamaki ekiladi, banan plantatsiyalari bor. Toʻqimachilik (xeneken tolasini qayta ishlash), oziq-ovqat va metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Turizm rivojlangan. Yukatan hududida mayya xalqining koʻplab madaniy yodgorliklari saklangan.

Ensiklopediya.uz
YUKATAN

Оставьте комментарий