YETTI MOʻJIZA haqida

YETTI MOʻJIZA haqida

YETTI MOʻJIZA

YETTI MOʻJIZA — qad. dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida «Dunyoning yetti moʻjizasi» hisoblangan: 1) Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan qad. misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. 2—3-ming yilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops ehromi (bal. 146,6 m, asosi 233X233 m) ning har biri 2,5 t lik 2300000 blok b-n (baʼzi qismlarida 30 t lik bloklar ham bor) 30 y. mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;

2) «Semiramida osma bogʻlari» — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. 6-a.);

3) Rodos o. dagi Artemida ibodatxonasi (taxm. mil. av. 550-y.);

4) Zevsning Yunonistonning Olimpiya sh. dagi ulkan haykali (taxm. mil. av. 430-y., haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);

5) Rodos o. koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxm. mil. av. 292—280-y., haykaltarosh Xaros misdan ishlagan); 6) Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hoz. Turkiya hududi)dagi maqbaramonument (taxm. mil. av. 377 — 352-y.);

7) Iskandariya (Aleksandriya) sh. dagi ulkan mayoq (taxm. mil. av. 280-y., meʼmori Sostrat). Yetti moʻjizadan faqat Misr exromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qad. yozma manbalardangina maʼlum.

Ensiklopediya.uz
YETTI MOʻJIZA