YESSENTUKI haqida
YESSENTUKI
YESSENTUKI — RF Stavropol oʻlkasidagi shahar (1917-y. dan). T. y. stansiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kavkaz mineral suvlari guru-hidagi balneologik kurort. Podkumok daryosi vodiysida, 600—640 m balandlikda joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yozi iliq, qishi yumshoq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20°, yanv. niki —4°. Yiliga 520 mm yogʻin yogʻadi. Mineral karbonatli buloklar suvi ichiladi va qadoqlanib joʻnatiladi, yessentuki, narzan suvi vannasiga tushiladi. Tambukan koʻlidan keltirilgan balchiq bilan davolash ham qoʻllaniladi. Meʼda-ichak, jigar, jigar va oʻt yoʻllari, moddalar almashinuvi buzilishi (ortiqcha semirish, podagra, qandli diabet) kasalliklari bilan ogrigan bemorlar davolanadi. Yessentuki 1798-y. da qurilgan harbiy istehkom oʻrnida 1839-y. da vujudga kelgan. Oʻsha yildan kurort sifatida rivojlanmoqda. Oziqovqat (jumladan, mineral suv qadoqlash) va yengil sanoat korxonalari bor.
Ensiklopediya.uz
YESSENTUKI