YATROKIMYO haqida

YATROKIMYO haqida

YATROKIMYO

YATROKIMYO — alkimyoning alohida yoʻnalishi (tibbiyot kimyosi), 16—18-asrlar tibbiyotida paydo boʻldi. Yatrokimyoning asoschisi nemis shifokori va tabiatshunosi T. Paratsels. Yatrokimyo namoyandalari organizmda sodir boʻladigan jarayonlar kimyoviy hodisalardan iborat, kasallik esa kimyoviy muvozanatning buzilishidan kelib chiqadi, deb tushuntirganlar va bemorlarni davolashda kimyoviy moddalarni ishlatishni buyurganlar.

Ensiklopediya.uz
YATROKIMYO