Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar

Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar

Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar

 

yashin tezligidagi mineral ogitlar 660f00485d471Farangcha «azote» so‘zi rus tili orqali o‘zbek tiliga kirib kelgan. Asl farang tilidagi bu so‘z «jonsiz« ma’nosini anglatadi. Uni ilk bora, 1772-yilda, DanielRezerford, o‘zining magistrlik dissertatsiyasida «aynigan hav nomi bilan ilm-fanga tanishtirgan. Uning asosiy kimyoviy va fizik xossalarini ham birinchi bo‘lib aynan Rezerford bayon qilib bergan edi. «Aynigan havo‘ va shunga o‘xshashg‘alati nomlar o‘rniga, «azot« atamasini farang kimyogar olimi Antuan Lavuzye 1787-yilda fanga taklif etdi. U azotning yonishda ham, nafas olishda ishtirok etmasligidan kelib chiqib shunday nomni ma’qul ko‘rgan ekan. o‘sha davr olimlari, azotning ushbu xossalarini birinchi o‘ringa qo‘yishgan. Garchi keyingi davrlarda azotning butun yer yuzidagi tiriklik uchun nihoyatda muhim element ekanligi bir necha karra isbotlangan bo‘lsa-da, biroq uning g‘alati nomi hozirgacha saqlanib qolmoqda. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida, «azot« atamasi o‘rniga lotin tilidagi «Nitrogenum« — «Selitra tug‘diruvchi« nomi kengroq qo‘llaniladi. Siz va biz o‘rganib qolgan, davriy jadvaldagi N belgisi ham, aynan shundandir.

Gaz holatidagi azot, haqiqatan ham nafas olish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Lekin, aytib o‘tganimizdek, azotbutun tabiat, shu jumladan odamzot hayoti uchun nihoyatda muhim modda bo‘lib, usiz tabiatda hayotning mavjud bo‘lishi imkonsiz bo‘lar edi.Yer sayyorasida azot zahiralari bisyor. Uning asosiy qismi atmosferada yig‘ilgan — 78%. U ayniqsa, millionlab gektar yerlardagi tabiiy o‘simlik dunyosini oziqlantiruvchi mineralo‘g‘itlarni hosil qilishda asosiy o‘rin tutadi. Tabiat tuproqni qanday qilib o‘g‘itlaydi ekan? Tuproqdagi azotning eng asosiy manbai bu — biologik azotlashtirish jarayonidir. Ya’ni tabiiy jarayonlarda, mikroorganizmlar atmosferadan azotni biriktirib olib, o‘simliklarning oziqlanishi uchun yetkazib berib turadi. Qadimgi davrlardayoq, ba’zi o‘simlikar, xususan, dukaklilar, tuproqning unumdorligini oshirishi dehqonlarga ma’lum bo‘lgan. Biroq, u davrlarda, mohiyat o‘simlikning o‘zida emas, balki, dukaklilar bilan simbiozga kirishadigan maxsus mikroorganizmlarning faoliyati natijasida, tuproqining azot birikmalari bilan boyishida ekanligini hech kim hayoliga ham keltirmagan. Hozirgi kunda, ilm-fanga anchagina ko‘p sondagi azot biriktiruvchilar ma’lum: bakteriyalar, aktinometsetlar, po‘panakli va achitqi mohlar, yashil suv o‘tlari va ho kazolarning barchasi, o‘simliklarga hayotiy muhim modda bo‘lgan azotni yetkazib berib turadi.

Biroq, ona tabiatda tuproqni azot bilan boyitishning ikkinchi usuli ham bor. Yo‘q-yo‘q, bu siz o‘ylagan, sun’iy azotlash (sanoatda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlar — selitra, karbamid kabi) emas. Tuproqni azot bilan boyitishning ikkinchi muhim manbasi bu — atmosferada tinimsiz yuz beruvchi chaqmoq va yashin hodisalaridir. Yer sayyorasi atmosferasida, har soniyada o‘rtacha 100 ta yashin chaqishi ro‘y beradi. Ularning har biri soniyaning mingdan, yuzdan bir qismlarida chaqib o‘tib tugasa hamki, biroq, ularning umumiy elektr quvvati 4 milliard kVt ga yetadi. Atmosferaning yashin chaqqan torgina kanali bo‘ylab harorat 20000 °C ga ko‘tariladi. Bunday ulkan qiymatdagi harorat, atmosfera tarkibidagi azot va kislorod molekulalarini parchalab, havoda azot oksidi — NO hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Keyin esa u, atmosferadagi kislorod bilan oksidlanib, azot dioksidga, keyin atmosferadagi namlik ta’sirida, azot kislotasiga aylanadi. Ushbu ketma-ketlikdagi reaksiyalar natijasida, atmosferada, kuniga 2 million tonna, yiliga esa, 700 million tonna azot kislotasi hosil bo‘ladi. U yomg‘irlarga aralashib, kuchsiz aralashma ko‘rinishida yerga to‘kiladi va tuproqqa shimiladi. Tog‘lar, okeanlar, cho‘l-sahrolar, sug‘orma yerlar va ho kazolardan iborat yer yuzining har bir gektariga, yiliga 15 kg atrofida azot kislotasi «yog‘adi«. U o‘z navbatida tuproqda nitrat tuzlariga aylanib, o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi.

 

«Samoviy« azot kislotasining miqdorini, sanoat miqyosida ishlab chiqarish miqdori bilan taqqoslash qiziq: azot kislotasi ishlab chiqarishi, sanoat sohalari ichida eng ko‘p quvvatli va keng miqyosli bo‘lishiga qaramay, bu borada odamzot, tabiatda ancha orqada qolgan. Jahon bo‘yicha azot kislotasi ishlab chiqarilishi miqdori, yiliga 35 million tonna atrofida «xolos« ekanligini inobatga olsak, ona tabiatning qanchalik oqil va kuch-qudratli ekanligiga tan-tahsin berishdan boshqa iloj qolmaydi.

Milliard yillar muqaddam, yashinlar yer atmosferasida chaqnay boshlagan davrlarda — hali azotni biriktira oladigan mikroorganizmlar ham, uni sun’iy qayta ishlaydiganodamzot ham hali yaratilmagan edi. Faqat so‘nggi ikki ming yillikni oladigan bo‘lsak ham, yashinlar azotning o‘rtacha 2 trillion tonnasini, ya’ni, havodagi ulushidan taxminan 0.1% qismni, mineral o‘gitlarga aylantirib bergan ekan…


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Qiziqarli kimyo
Yashin tezligidagi mineral o‘g‘itlar

Manba:orbita.uz