YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich haqida

YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich haqida

YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich

YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich (1891.14.8, Ukraina, Vinnitsa viloyati — 1966.12.10, Moskva) — muhandisgidrotexnik, texnika fanlari d-ri (1938), prof. (1933), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950). Petrovsk q. x. akademiyasi muhandislik f-tini tugatgan (1919). 1924-yilgacha RSFSR Yer ishlari xalq komissariati q. x. ni melioratsiyalash boʻlimida katta mutaxassis, Moskva qishloq xoʻjaligini melioratsiyalash in-tida katta ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish in-tida eksshtuatatsiya boʻlimi boshligʻi, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1925— 35). 1935-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari in-tida gidromelioratsiya sistemalarini ekspluatatsiya qilish kafedrasi mudiri. Yanishevskiy suvdan foydalanishni rejalashtirishning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqqan (Oʻrta Osiyoning barcha irrigatsiya sistemalarida qoʻllaniladi).

Ensiklopediya.uz
YANISHEVSKIY Nikolay Andreyevich