YANGIYOʻL BIOKIMYO AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida

YANGIYOʻL BIOKIMYO AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida

YANGIYOʻL BIOKIMYO AKSIYADORLIK JAMIYATI

«YANGIYOʻL BIOKIMYO» AKSIYADORLIK JAMIYATI — spirt sano ati korxonasi. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi tarkibida. Biokimyoviy usul bilan 3—4nav bugʻdoydan rektifikatsiya qilingan etil spirti, sholi chiqindilari, oʻsimlik xom ashyosidan texnik spirt, yemxashak achitqisi, shuningdek, karbonat angidrit, tormoz suyuqligi, quruq yemxashak qoʻshimchasi ishlab chiqaradi. 1949-yilda gidroliz sanoati korxonasi sifatida ishga tushirilgan. 1995-yildan hozirgi nomda. 90-y. lar boshidan gʻalladan oziq-ovqat (etil spirti) i. ch. oʻzlashtirildi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Korxona tarkibida oliy navli araq ishlab chiqaradigan «MaySano» qoʻshma korxonasi, kraxmal va kraxmal qiyomi ishlab chiqaradigan «Kraxmal» maʼsuliyati cheklangan jamiyat faoliyat koʻrsatadi. Mahsulotlari qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinadi.

Ensiklopediya.uz
YANGIYOʻL BIOKIMYO AKSIYADORLIK JAMIYATI