Yangi saytlarni qanday qilib topga olib chiqish mumkin?

Yangi saytlarni qanday qilib topga olib chiqish mumkin?

Ko’pchilik sayt ochishi bilan tezroq trafik jalb qilish haqida o’ylaydi va target, kontekst reklama va saytlarga reklama berish bilan boshlashadi.

SEO bo’yicha mutaxassis bo’lganim sabab, SEO tomondan gapiraman. SEO da sayt yoshi ko’p narsani hal qiladi. Ya’ni sayt ancha vaqt davomida internetda ishlab turgan bo’lishi kerak, domen sotib olish hisoblanmaydi. 

Domen olingandan keyin hostingga ulash kerak va oddiyroq dizayn qo’yib nimadirlar yozib qidiruv tizimlariga qo’shib qo’yish kerak bo’ladi. 

Keyin yosh SEO mutaxassislari loyihani olgandan keyin agressiv backlinklar bilan ishlashni boshlashadi, bu yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Sayt yaqinda ochilgan bo’lsa tabiiy holatda trafik ko’payishini kutish kerak va keyinroq backlinklar bilan ishlash mumkin bo’ladi.

Oddiy misol, Odam kirmaydigan saytni boshqa saytlarda havolasi chiqishi shubhali, buni qidiruv tizimlari juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun yosh saytlar bilan ehtiyot bo’lib ishlash kerak bo’ladi. 

Qariyalar bilan erkinroq ishlash mumkin, natija ham tez bilinadi. SEO mutaxassislariga yoshi katta saytlar bilan ishlash qiziqroq, sababi natija tezroq bo’ladi va ancha xavfsizroq hisoblanadi. 

Iloji boricha ehtiyot bo’lib ishlash tavsiya qilinadi. 

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring

SEO bo’yicha telegram kanal

Dasturlash, Sayt yaratish, SEO haqida
Yangi saytlarni qanday qilib topga olib chiqish mumkin?

Оставьте комментарий