Yangi Gorizontlar

Yangi Gorizontlar

Yangi Gorizontlar

yangi gorizontlar 660efa14c9609«Yangi gorizontlar» — (inglizcha: New Horizons) — NASA tomonidan, «Yangi sarhadlar« dasturi doirasida, 2006-yilning 19-yanvar kuni AQSHning Kanaveral kosmodromidan «Atlas-5« 551 raketa-eltuvchisi yordamida koinotga uchirilgan sayyoralararo avtomatik kosmik zond. Start vaqtidagi vazni 478 kg. Loyiha qiymati 650 million AQSH dollari. Apparat va uning bort asbob uskunalari, 11 kg plutoniy-238 radioaktiv termoelektr generatoridan quvvat oladi. o‘lchamlari 2,2×2,7×3,2 metr. «Yangi gorizontlar»ning ishlash muddati 15-17 yilgacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Apparat, Pluton atmosferasi va sirt yuzasi tuzilishini tadqiq qiluvchi ultrabinafsha spektrometr, oddiy va infraqizil diapazonlarda ishlovchi yuqori aniqlikdagi yirik planli yoyilma fotokamera, Quyosh shamoli zarrachalarining parametrlarini o‘rganuvchi SWAP apparati, energetik zarrachalar spektrometri, Koyper belbog‘idagi chang zarrachalarini o‘rganish uchun chang detektori, hamda radiospektrometr kabi uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, «Yangi gorizontlar» bortiga, Plutonni kashf qilgan astronom Klayd Tomboning xoki, hamda NASA o‘tkazgan maxsus «Plutonga ismingni yubor«dasturi doirasida 434738 kishining ismi yozilgan disk joylashtirilgan. Yer bilan aloqa esa, ko‘plab antennalar va kuchaytirgichlar tizimi orqali ta’minlanadi. «Yangi gorizontlar»ning axborot uzatish tezligi 4.75 Km/soniya (Yupiter hududida), Plutonga yetib borishda bu tezlik 96 bayt/soniyaga tenglashishi kerak.

Ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar erasi boshlanganidan buyon, Yerdan eng katta tezlik bilan uchib chiqqan kosmik zond hisoblanadi. U start vaqtida 16.21 km/soniya tezlik bilan Yerni tark etgan. Biroq hozirda apparatning uchish tezligi 14.95 km/soniyani tashkil qiladi va bu, 70-yillar oxirida uchirilgan «Voyajer-1«ning tezligidan (17.055 km/soniya) past ko‘rsatkichdir (Voyajer-1 Saturn bilan bajarilgan gravitatsion manyovr evaziga qo‘shimcha tezlanish olgan).

 

«Yangi gorizontlar»ning asosiy maqsadi — Pluton va uning yo‘ldoshlari, xususan Xaronni tadqiq qilish. Shuningdek yo‘l-yo‘lakay, apparat Yupiterga ham tashrif buyurishi va ushbu gigant sayyora bilan gravitatsion manyovrni amalga oshirishi lozimedi. Bu vazifa 2007-yilning 28-fevralida muvaffaqiyatli uddalandi va «Yangi gorizontlar» Yupiter tortish kuchlari ta’sirida qo‘shimcha tezlanish olishga erishdi. Bu jarayonda Yupiter va uning yo‘ldoshlariga oid yangi fotosuratlarni Yerga yubordi. 2008-yilning 8- iyun kuni «Yangi gorizontlar» Saturn orbitasini kesib o‘tdi. 2009-yilning 29-dekabrida esa mazkur kosmik zond, Yer va Pluton orasidagi masofaning teng yarmini uchib o‘tdi. 2010-yilning 30-iyul kuni esa, «Yangi gorizontlar» Neptundan 23 a.b. masofadan uchib o‘tish chog‘ida, Neptunning va uning tabiiy yo‘ldoshlarining yuqori aniqlikdagi fotosuratlarini olib, Yerga uzatdi. Mohiyatan bu amaliyotning maqsadi, apparatning bortidagi asboblar va kameralarning ishlash rejimini tekshirib olish edi. 2011-yil, 18-martda zond Uran orbitasini kesib o‘tdi. 2012-yilning 12-fevralida esa u Plutonga 10 a.b. gacha yaqinlashdi. 2013-yil oktyabrida marragacha bo‘lgan masofa 5 a.b. ga qisqardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2014-yilning 25-avgustida «Yangi gorizontlar» kosmik zondi Neptun orbitasini kesib o‘tishi lozim. Shundan so‘ng, 2015-yilning yanvarida, Plutonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish ishlarini boshlanishi va apparat to‘liq ish rejimiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, 2015-yilning 5-mayiga kelib, undan olinishi kerak bo‘lgan foto va videomateriallarning sifati «Xabbl« qayd qilayotganlardan yaxshi darajaga o‘tishi kerak. 2015-yilning 14-iyul kuni esa, «Yangi gorizontlar» ko‘zlangan marra — Plutonga va uning Xaron yo‘ldoshiga maksimal yaqinlashishi rejalashtirilgan. Kuzatuv 9 kun mobaynida olib boriladi va umumiy hisobda 4.5 Gb axborot yig‘ilishi mumkin. Pluton va uning yo‘ldoshlari tadqiq qilinganidan so‘ng, imkoniyatga qarab, 2016-2020 yillar davomida «Yangi gorizontlar»ni Koyper belbog‘idagi obyektlardan biriga yo‘naltirish mumkin. biroq, apparatning energiya zahiralarining juda kamligi bois bu amalga oshishi mushkul bo‘lgan vazifa sifatida qaralmoqda. 2026 yilga borib esa, «Yangi gorizontlar»ning ish faoliyati butunlay to‘xtashi mumkin.

Shuni ta’kidlash lozimki, «Yangi gorizontlar» parvozning 80% vaqti davomida energiya resurslarini tejash uchun, bir necha marta «kutish rejimi«ga o‘tkaziladi va qolgan 20% muddatda, vaqti-vaqti bilan yana ish rejimiga qaytarilib turiladi. Xususan u 2014-yilning 5-yanvarida «kutish rejimi«dan uyg‘otilib, aloqa tizimlari bort asbob-uskunalarining ishlashi sozligi tekshirib olindi va dasturiy ta’minot manbalari yangilandi. 17 yanvar kuni apparat qaytadan «kutish rejimi«ga o‘tkazildi. 2015-yilning may oyida esa apparatning «kutish rejimi«dan butunlay chiqarildi va endilikda u to‘liq ishchi rejimga o‘tgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Astronomiya
Yangi Gorizontlar

Manba:orbita.uz