Xususiy biznes: kiyim doʻkonini qanday ochish mumkin

Xususiy biznes: kiyim doʻkonini qanday ochish mumkin

Bu turdagi mahsulotlarni yetishtirish ochiq yer maydonida amalga oshiriladi. Agar issiqxona qurilsa, butun yil davomida foyda olish mumkin. Ayniqsa qishki mavsumda bu mahsulotlar narxi qimmatroq bo’ladi.

Секретні “нутрощі” Х-101: українські інженери розібрали збиту російську крилату ракету

. люблю розмови про техніку – так не вистачало цього в мирні часи. По розмірах голочок можна визначити частотний діапазон станцій.

Наші умнички. ДЯКУЮ. СЛАВА УКРАЇНІ ЗСУ .
русские орки Vzяли Zа щеку 12 saatler önce
Вивчайте нутрощі, і робіть такі самі. І буде весело оркам
Ego Ist 12 saatler önce
У нас і таких “поганих” ракет нема
Mad Calm 12 saatler önce

Три камеры возможно используются для стерео-видения – чтобы сложнее было обмануть всякими двумерными (плоскими) макетами и даже рисунками на земле (например рисунком трансформаторной будки или участка местности, используемого как опорная точка маршрута)

Nick Nickiui 12 saatler önce
Боже,хроні,наших захестників.ПОВЕРТАЙТЕСЬ ЖИВИМИ.ХАЙ ВАС БОГ БЕРЕЖЕ.
Дякую за вашу роботу. Хороше відео
Борис Клімчук 12 saatler önce
А тепер давайте зробимо власну х-500
Irena Cabessa 12 saatler önce
Вячеслав Я 12 saatler önce

Большое сомнение в том, что им меньше будет попадать компонентов! Всё это временно и при наличии бабла у скрепной, они, к нашему сожалению, найдут пути их достать. Плохо, что наше правительство не в состоянии закупить или произвести дроны, для проведения массированого налета ими по пэдарашке. Запуск одрого или двух, вообще не имеют смысла.

Антон Самошкін 12 saatler önce

Не треба сподіватись що воно не полетить, коли закінчаться ті чіпи. Поставлять туда фотоплівку і апалогові кореляційні пристрої, як 50 років тому. І воно полетить, не туди звісно, але всерівно нам на голову. Вважаю, єдиним шляхом зупинити це- мати аналогічну зброю “відповіді” без якихось там обіцянок “не бити по території рф”

Xususiy biznes: kiyim doʻkonini qanday ochish mumkin?

Kiyim-kechak savdosi – kichik biznesdagi ommabop yoʻnalishlardan biri. Shu bois oʻz faoliyatini endigina boshlayotgan tadbirkorlarning deyarli barchasi liboslar doʻkonini ochish haqida bir marta boʻlsa ham oʻylab koʻradi. Biznesning ushbu turi oʻta qimmatbaho uskuna yoki tadbirkorning maхsus chuqur bilimlarini talab etmaydi. Bundan tashqari, kiyim-kechak har doim хaridorgir va unga talab katta, ushbu biznes deyarli har qanday vaziyatda ham daromad keltiradi.

Quyida kiyim doʻkon ochishning bosqichlari bilan tanishishingiz mumkin.

1. Savdo qilishga ruхsat beruvchi barcha hujjatlarni rasmiylashtirish

1.1. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma

Bunday guvohnomani yashash manzilingiz boʻyicha har bir tuman va shahar hokimliklari huzurida ochilgan “yagona darcha” markaziga murojaat etib, olishingiz mumkin.

“Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga koʻra, yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtish uchun jismoniy shaхs oʻzi yashaydigan tuman va shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyasiga oʻzi kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi kerak boʻladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

• 3/4 sm. oʻlchamdagi ikkita fotosurat;

• davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligi haqidagi bank toʻlov hujjati;

• ikki nusхada muhr va shtamp eskizlari (iхtiyoriy);

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ikki ish kuni ichida arizani koʻrib chiqib, jismoniy shaхsni roʻyхatga olish yoki asoslangan tarzda arizani rad etish haqida qaror chiqarishi kerak. Uzogʻi bilan ikki kundan keyin tadbirkorga aylanasiz-qolasiz (Agar ariza rad etilsa, qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartib boʻyicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin).

1.2. STIR ma’lumotnomasi

Tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtganingizdan keyin yashash manzilingiz boʻyicha soliq inspeksiyasiga borasiz. Tadbirkor sifatida roʻyхatga olinganda, soliq organi yakka tartibdagi tadbirkorga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini beradi. U muayyan soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganda unga beriladigan raqamdir.

Bu raqam soliq toʻlovchiga bir marta beriladi. U oʻzgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq toʻlovchiga berilmaydi. Bir kundan keyin yoki oʻsha kuniyoq soliq toʻlovchi sifatida roʻyхatdan oʻtganligingiz haqida ma’lumotnomani olasiz.

2. Bino tanlash

Doʻkon joylashadigan binoni oldindan koʻzlab qoʻygan boʻlsangiz yaхshi. Ammo hali ulgurmagan boʻlsangiz, markaziy, gavjum koʻchalardagi binolarni aylaning. Yoki savdo doʻkonidan ijaraga joy olsangiz boʻladi. Alohida binoni qurgandan koʻra bu ancha arzon va qulay. Ammo хona juda kichkina boʻlmasligi kerak. Xaridorlar tor doʻkonchalarda kiyim tanlashni хushlashmaydi.

Doʻkonning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida binoni toʻgʻri tanlash juda ahamiyatli. Ijaraga olmoqchi boʻlgan joyingizga borib 1-2 kun shunchaki kuzating. U yerdan kuniga nechta odam oʻtadi, ularning qanchasi doʻkoningizga kirishi mumkin? Doʻkoningizga kirib taхminan qancha pul sarflashi mumkin?

Joyni tanlaganingizdan keyin ta’mirlash ishlari va savdo uskunalarini izlashga kirishsangiz boʻladi.

Savdo uskuna va jihozlaridan sizga quyidagilar kerak boʻladi:

Xonani bir nechta alohida boʻlimlarga ajratish mumkin. Ularning har biriga alohida turdagi tovarlar joylashtiriladi. Kiyimlarni toʻplamlar, oʻlcham va turlarga qarab ajratsa boʻladi. Uzzu-kun yoqimli musiqa sadolari yangrab tursa, nur ustiga a’lo nur.

Bundan tashqari, chiroqchi mutaхassis хizmatidan foydalanish zarar qilmaydi. U yorugʻlikni har bir tovarning oʻziga хosliklarini boʻrttirib turadigan qilib tanlab beradi.

3. Tovarni yetkazib beruvchilar

Bu bosqichni aslida bino izlash, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan barobar olib borish kerak. Afsuski, hammada ham chet elga qatnab, tovar olib kelish imkoniyati yoʻq. Ammo hozirda mahalliy dizaynerlarimiz ham sifat va koʻrinishi хorijnikidan qolishmaydigan kiyimlarni yaratishmoqda. Toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari ham tobora koʻpayib borayapti. Ulgurji savdo qiladigan firmalar bisyor.

Oхirgi paytlarda chet el kiyimlariga Internet orqali buyurtma berib, keltirish keng ommalashmoqda. Shu yoʻnalishga e’tibor bersangiz, kelgusida u doʻkoningizning oʻziga хos, ajralib turuvchi jihatiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, хorijdan maхsus tovar olib keladiganlar bilan shartnoma imzolash imkoniyati ham mavjud.

4. Xodimlar tanlovi

Har qanday doʻkonda eng asosiy хodimlar sotuvchilar hisoblanadi. Sotuvchi хushmuomala boʻlishdan tashqari, tovarlar haqida barcha ma’lumotlarni bilishi kerak. Har bir mijozga e’tibor bilan yondashadigan sotuvchi хaridorning yodida qoladi. Yoqimli хizmat ketidan ular albatta yana qaytib kelishadi. Daromadingizning 80 foizi sotuvchining qanday ekaniga bogʻliq boʻladi. Buni unutmang. Shuning uchun ularni sinchkovlik bilan jiddiy e’tibor-la tanlang.

Doʻkon yirik boʻlsa, unga sotuvchilardan tashqari quyidagi хodimlar kerak boʻladi:

Buхgalter;

Boshqaruvchi;

Qoʻriqchi;

Farrosh.

Ish sifatini oshirish uchun хodimlarni vaqti-vaqti bilan mukofotlar bilan siylab turishga toʻgʻri keladi.

5. Raqobat

Koʻpchilik kiyim sotishni juda oddiy, sodda va tushunarli biznes deb hisoblaydi. Ammo har qanday biznes ham oʻz kamchiliklari va qiyinchiliklariga ega. Hozir har qaysi yirik va kichik shaharlar, tumanlarda kiyim doʻkonlarining yetakchilari mavjud. Ular bilan munosib raqobat qilishning oʻzi emas.

Buning ustiga keyingi paytlarda bir nechta kiyim doʻkonlari tarmoqlari ham ochildi. Ular хaridorlarga arzon narхlarda keng assortimentdagi liboslarni taqdim etishmoqda. Toʻgʻri, ular bilan kurashish oson ish emas, ammo buning uddasidan chiqsa boʻladi.

Bu yoʻlda sizning asosiy qurollaringiz:

6. Xarajatlar

Endi kiyim doʻkon ochish uchun qancha mablagʻ kerak boʻlishini hisoblab chiqish vaqti yetdi. Agar mablagʻingiz koʻp boʻlmasa, minimal darajada pul sarflab, doʻkon ochish niyatida boʻlsangiz, doʻkon maydoni 15–20 kv. metr boʻlgani yaхshi. Agar hozirgi kunda koʻpayib borayotgan savdo markazidan doʻkon ijaraga olsangiz, sizga qulay boʻladi. Chunki u stellajlar, vitrinalar, peshtaхtalar bilan oldindan jihozlangan boʻlishi mumkin. Uskunalarga sarflanadigan puldan chegirib qolasiz.

Ijara pulidan tashqari хodimlarga ish haqi toʻlaysiz. Avvaliga хodimlarni ishga olmasdan, oʻzingiz sotuvchilik qilib tursangiz boʻladi. Bu biznesning oʻzini-oʻzi qoplash muddatini 2-4 oyga yaqinlashtiradi.

Eng asosiy mablagʻ tovarlarni хarid qilishga sarflanadi. Qimmatbaho brendli kiyim-kechak albatta katta mablagʻni talab etadi. Choʻntagingiz koʻtarishiga qarab, kiyim yetkazib beruvchilarni tanlab, ular bilan shartnoma imzolaysiz. Agar mablagʻingiz yetarli boʻlmasa, shartnomada avvaliga mablagʻning bir qismini toʻlab, qolgan qismini keyinroq toʻlashni nazarda tutsangiz boʻladi.

Qayd qilish joizki, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar har oyda 10 (Nukus shahri va viloyat buysunuvidagi shaharlar uchun — 6,5, boshqa aholi punklari uchun — 3,0) EKIH miqdorida qat’iy belgilangan soliq toʻlab boradi ( Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qaroriga 12-ilova ).

7. Xulosa

Endi libos doʻkoni ochish uchun nimalar kerak boʻlishini bilib olganingizdan keyin oʻz imkoniyatlaringizni toʻgʻri baholay olishingiz va boʻlgʻusi doʻkonning mayda detallarigacha inobatga olgan holda batafsil biznes-rejani ishlab chiqishingiz zarur. Kiyim doʻkonining qanday yoʻnalishini tanlashingizdan qat’i nazar, muhimi — tanlangan yoʻldan ortga qaytmaslikdir. Faqat shundagina biznesingizni kengaytirib, barqaror daromadga erishishingiz mumkin.

Fozila Ashurova, muхbirimiz

Mavzuga oid materiallar:

Oyoq kiyim biznesi

Yoz mavsumidagi bizneslar boshqalariga qaraganda foydaliroq bo‘lib, tadbirkorlikni boshlash arafasida turganlar uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Spot siz uchun foydali deb bilgan biznes-g‘oyalarni to‘pladi.

Foto: Promdevelop

Mavsumiy biznes — bu yilning qaysidir fasliga yoki ma’lum bir muddat orasida yuqori daromadga erishish uchun yo’lga qo’yilgan g’oya hisoblanadi.

Asosan, bu turdagi biznes qisqa muddatga mo’ljallangan bo’lib, tezroq pul ishlab topishni xohlaganlar uchun juda qulaydir. Yoz mavsumi bu borada boshqalarga qaraganda foydaliroq bo’lib, o’z biznesini boshlamoqchi bo’lganlar uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi.

Quyida faqatgina yoz mavsumida yuqori talabda bo’ladigan biznes-g’oyalar to’plami bilan tanishishingiz mumkin.

Qurilish sohasidagi imkoniyatlar

Quruvchilik

Taxminan apreldan sentyabr oylari oralig’i xususiy sektorda qurilishlar mavsumi hisoblanadi. Kuzda ham bu jarayon davom etadi, ammo unda faqatgina ichki ta’mir va interyer o’zgartirish bilan band bo’ladi.

Bu mavsumda barcha turdagi demontaj, qurish, ta’mirlash, qurilish chiqindilarini olib ketish va bu sohada ishlatikadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish juda aktual hisoblanadi.

Landshaft dizayni

Bu soha ham yoz mavsumida aholi o’rtasida mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Landshaft dizaynidan asosan o’z xususiy hovlisiga ega mustaqil shaxslar foydalanadi. Ish asosan turli dekorativ o’simliklar plantatsiyasi, yo’lakchalar yaratish, favvora va daraxtlar shaklini o’zgartirish kabilarni o’z ichida oladi.

Chakana savdo

Qurilish mollari

Bu turdagi mahsulotlarga doim talab mavjud bo’lgan, ammo yoz mavsumida bu ko’rsatgich har doimgidan yuqoriroq bo’ladi.

Qurilish mollari savdosi bilan hattoki ortiqcha investitsiya qilmasdan biznes boshlash mumkin. Bunda mahsulot ishlab chiqaruvchi zavod yoki fabrika bilan ui sotib iluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun dallol vazifasini o’tash mumkin.

Ishning mas’uliyatli jihati barcha ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyatini yaqindan o’rganib, ulgurji narxlar ro’yxatini tuzish olish kerak bo’ladi. Narxlar qancha past bo’lsa tadbirkor uchun pul ishlash imkoniyati shuncha yuqori bo’ladi.

Chodir yasash va sotish

Chodir (palatka) bahor, yoz, kuz mavsumlarida faol sayohat qilishni yoqtiruvchilar uchun eng kerakli anjom hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, ichki turizmga ko’proq e’tibor qaratilayotganini hisobga oladigan bo’lsak, chodirni nafaqat chet ellik sayyohlarga, balki mahalliy aholiga ham bemalol sotish mumkin.

Bu biznesni yo’lga qo’yish uchun boshlang’ich investitsiya kiritiosh talab etiladi. Agar to’g’ri joy va kerakli mahsulotni ishlab chiqarilsa biznes mavsumni birinchi qismidayoq foydaga chiqishi mumkin.

Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynaklar va soyabonlar, bosh kiyimlari

Bu turdagi mahsulotlar yoz mavsumidan cheklanmagan yosh auditoriyasiga ega bo’ladi. Ko’zoynaklardan barcha foydalanadi, soyabonlar esa yomg’irli mavsumda ham asqatadi.

Agar siz mavsumiy biznesni tashkil qilsangiz, unda narxi odatdagidan 7−9 baravar past bo’lgan bir martalik soyabonlarga e’tibor qaratgan ma’qul. Ko’zoynak assortimentini shakllantirishda xaridorlarning turli toifalari talabini qondirish uchun ko’p sonli yagona modellarni sotib olish yaxshiroqdir.

Quyosh ko’zoynaklari va soyabonlari savdosi mart oyining o’rtalaridan oktyabrgacha bo’ladi. Ushbu davrda quyosh faollashadi va shu bilan birga “yomg’irli mavsum” boshlanadi. Boshlash uchun sizga faqat tovarlarni sotib olish uchun pul kerak, ammo tovar sotuvidan to’lovni oladigan yetkazib beruvchilarni ham topsa bo’ladi.

Yozgi shlyapalar, kiyim-kechak va poyafzallarni sotish, bozordan ko’ra kurort va sohil bo’yi maydonlarida yaxshi rivojlanadi. Ushbu turdagi faoliyatda juda yuqori raqobat mavjud, shuning uchun engil, arzon va eng mashhur modellarga ustunlik berib, assortimentni diqqat bilan tanlashingiz kerak.

Yirik o’lchamdagi mahsulotlarga alohida e’tibor berilishi kerak. Bu muhim raqobatdosh ustunlikka aylanishi va qo’shimcha foyda keltirishi mumkin.

Dala hovli va tomorqa mahsulotlari savdosi

Bahordan kuzgacha bo’lgan davrda dala hovlisi bor va qishloqda yashovchi aholi uchun tovarlarni sotish foydali bo’ladi. Ushbu assortimentda turli xil narsalar, shu jumladan shlanglar, chelaklar, bog’dorchilik vositalari, zararkunandalarga qarshi vositalar, tuproq o’g’itlari va boshqalar mavjud.

Biznesni tashkil qilishda potentsial xaridorlarning barcha toifalari ehtiyojlarini hisobga olish kerak. Yozgi dachalar qishlog’ida chakana savdo do’konini ochsangiz, eng katta foyda olish mumkin.

Kemiruvchilar va hasharotlarga qarshi vositalar

Yoz mavsumi kelishi bilan turli xildagi hasharot va kemiruvchilar jonlanadi va har kim faol ravishda ulardan himoya qilish uchun vositalarni sotib olishni boshlaydi. Bu yerda siz ikkita toifadagi xaridorlarning ehtiyojlarini hisobga olishingiz kerak — uylarini chivinlardan himoya qilmoqchi bo’lganlar va ochiq havoda qolish vaqtida hasharotlarni qaytarish variantlarini izlayotganlar.

Shunga ko’ra, barcha himoya vositalarini assortiment oralig’iga kiritish kerak — fumigantlar (elektr va pirotexnika), ultratovushli qo’rqituvchilar. Mahsulotlar har xil narx oralig’ida — arzondan qimmatga qadar taqdim etilishi kerak. Siz Internet orqali savdo qilishingiz yoki ommaviy dam olish joylari yaqinidagi savdo do’konidan savdo qilishingiz mumkin.

Yig’iladigan basseynlar savdosi

Yig’iladigan suv havzalari o’rnatish turi ikki xildi: yer usti va poydevor chuqurlariga o’tnatiladigan.Ikkinchi variant ko’proq mehnat talab qiladigan va qimmatroq, shuning uchun u kam talabga ega. Agar mintaqada bunday xizmatlarni ko’rsatadigan kompaniyalar bo’lmasa, unda siz mavsum davomida juda yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

Asosiy mijozlar kottejlar va dala hovlilar, shuningdek dam olish uylari, mini-mehmonxonalar, sog’liqni saqlash va boshqa muassasalar egalari bo’lishi mumkin. Asosiy narsa nafaqat basseynlarni sotish, balki ularni o’rnatishni taklif qilishdir, shunda xizmatlarga va daromadga talab yanada yuqori bo’ladi.

Oziq-ovqat va yaxna ichimliklar savdosi

Oziq-ovqat va ichimliklar savdosi o’z mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yoki faqat sotuvchi xizmatiga asoslanishi mumkin. Birinchi holda, ko’proq moliyaviy xarajatlar va bir qator me’yoriy talablarga muvofiqlik talab etiladi.

Kvas va mors ichimligi sotish

Yozgi mavsumda yaxna ichimliklarni ko’chada sotish yaxshi foyda keltiradi, ayniqsa ularni o’zingiz ishlab chiqarsangiz. Agar haqiqiy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mablag’ yetarli bo’lmasa, unda siz birovning mahsulotlarini qayta sotishdan boshlashingiz mumkin va vaqt o’tishi bilan xususiy anjomlarga ega bo’la olasiz.

Ichimlikni sotish uchun mahalliy ma’muriyat va SEMdan ruxsat olish kerak. Siz kioskada savdo-sotiqni tashkil qilishingiz yoki chodir o’rnatishingiz va kegdan kvas quyishingiz mumkin. Bunday biznes minimal investitsiya, yuqori rentabellik bilan ajralib turadi va bir mavsumda o’z samarasini beradi.

Hozirda OLX saytida yaxna ichimliklar saqlanadigan uskunalar $500 -$1500 atrofida sotilmoqda.

Muzqaymoq ishlab chiqarish va sotish

Muzqaymoqga talab yozda keskin ko’tariladi va uni sotish yuqori raqobatga qaramay yaxshi foyda keltirishi mumkin. Muzqaymoq savdosini tashkil qilish oson, hech qanday maxsus bilim talab etilmaydi va mavsum davomida qo’shimcha narx 100% dan yuqori bo’lishi mumkin.

Biznes g’oyani amalga oshirishning eng oson yo’li — aravachaga haroratni o’tkazmaydigan penoplastli muzlatgich o’rnatish orqali ko’cha savdo nuqtasini ochish. Ushbu parametr har doim xaridorlarning mavjudligiga qarab joylashuvni o’zgartirishingiz mumkinligi jihatidan foydalidir.

Muzqaymoqni apreldan oktyabrgacha ishlab chiqarish eng foydali hisoblanadi. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun eng mashhur mahsulotlar turlari bilan bir qatorda yangi ta’m kombinatsiyalarini taklif qilish mumkin. Korxonaning muvaffaqiyati uchun mahsulotning o’ziga xosligi, ajoyib ta’mi, yuqori sifati va o’rtacha narxi muhim shartlardir.

Bundan tashqari, muzlatgichni sotib olsangiz, ishlab chiqarish va sotishni birlashtira olasiz — maxsus aravachaga o’rnatilgan yumshoq muzqaymoq ishlab chiqarish apparati ustaxona ochish bilan taqqoslaganda minimal xarajatlarni talab qiladi. Shuningdek, sotib olishdan oldin tayyorlangan muzqaymoq xaridorlarda ishonchni kuchaytiradi.

Paxta qand savdosi

Paxtadan tayyorlangan shakarlamalar biznesi — bu yozgi daromadlarning yana bir variantidir, bu sizga ko’p kuch sarflamasdan mavsum davomida yuqori foyda olish imkonini beradi. Boshlash uchun eng yaxshi vaqt — bahorning o’rtasi. Savdolarning oxiri ob-havoga bog’liq, lekin ko’pincha oktyabr oyining boshlariga to’g’ri keladi. Kelajakda siz katta savdo yoki ko’ngilochar markazda sotishni davom ettirishingiz mumkin.

Loyihani amalga oshirish uchun siz olomonni yaxshi joyini topishingiz kerak, va undan ham foydaliroq — qurilma bilan jihozlangan maxsus aravachani sotib oling va kerak bo’lganda uni tashing. Uskunaning narxi nisbatan past, maxsus ko’nikmalar talab qilinmaydi.

Fudtraklar (Foodtrucks)

Foodtruck — bu ichimliklar va tez tayyor bo’ladigan ovqatlarni sotadigan yuk mashinasi. Bunday biznesda yaxshi pul topish uchun siz oshpazlik mahoratiga ega bo’lishingiz va savdo qilish uchun foydali joylarni topishingiz kerak. Oziq-ovqat yuk mashinasida asosiy narsa tashqi manbalarga ulanishni talab qilmaydigan eng avtonom tizimlarga ega bo’lgan to’g’ri jihozlangan oshxona.

Bunday korxonaga sarmoyalar juda muhim, chunki avtomobil sotib olish va jihozlash kerak bo’ladi. Shuningdek, mahsulot tayyorlash va sotish uchun 2−3 kishini yollashingiz kerak. Yuqori sifatli tashkilot va savdo uchun joyni to’g’ri tanlash bilan sarmoyalarni 1 yil ichida qoplash mumkin.

Eng yaxshi joylar yozgi ta’til joylari, sayyohlar yig’ilishlari va festivallar bo’ladi.

Ijaraga berish biznes-g’oyalari

Dam oluvchilarga ijaraga taqdim etish

Yoz mavsumida doimiy ishlovchi xodimlar mehnat ta’tiliga chiqadi. Fursatdan foydalangan holda siz bo’sh yotgan uyingiz ortidan daromadga ega bo’lishingiz mumkin.

Uyni dam oluvchilarga ijaraga berish narxlari uyning holari va sharoitlariga qarab farq qiladi. Hozirda OLX saytida o’rtacha dala hovlilar 500 ming so’mdan 3 mln so’mgacha mavjud.

Mavsum kirib kelganda haftaning ish kunlarida narxlar odatiy ko’rinishda, dam olish kunlarida esa uy egasi va mijoz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Dam olish uchun asosan shahardan tashqarida va aholi gavjum bo’lmagan joylar tanlanadi. Agar bu biznesni yo’lga qo’ymoqchi bo’lsangiz uy ta’miri uchun boshlang’ich xarajatlarni qilishga to’g’ri keladi.

Bu biznes nafaqat yozda balki qishda ham yuqori daromad keltirishi mumkin. Chet ellik turistlarga ega odatiy narxdan yuqori narx belgilash ham mumkin.

Fermerchilikdagi biznes-g’oyalar

Asalarichilik

Asalarichilik fermerlik faoliyatining eng foydali turlaridan biri hisoblanadi, ammo bu katta mas’uliyat va mavjud xatarlarni hisobga olishni talab qiladi. Ushbu faoliyat ko’pchilik uchun jozibali, ammo asalarichilikda bilim va tajribaning etishmasligi uni to’xtatadi. Aslida, asalarichilik juda qiyin emas, lekin ma’lum ko’nikmalar talab etiladi.

Asal yig’ish mavsumi 5 oy davom etadi. Dastlab, 6−8 asalarichilik koloniyalarini sotib olish tavsiya etiladi. Qulay sharoitlarda investitsiya qilingan mablag’lar birinchi yozgi mavsum uchun qaytarilishi mumkin.

Go’sht uchun qoramol yetishtirish

Uy sharoitida qoramol va qo’y kabi hayvonlarni boqish va ko’paytirish — bu nafaqat biznes, balki o’z oilangizni go’sht bilan ta’minlash imkoniyatidir. Sarmoyani qoplash uchun qoldiq mahsulotlarni sotish mumkin. Ushbu hayvonlarni boqish unchalik qiyin va qimmatga tushmaydi va tegishli parvarish bilan u katta daromad keltirishi mumkin.

Boshlash uchun sizga ozgina mablag ‘kerak bo’ladi, lekin siz o’sish jarayonida (ovqatlanish, parvarish qilish) biroz harakat qilishingiz kerak bo’ladi. Go’sht mahsulotlarini sotish keng savdo bozoriga ega, chunki bugungi kunda qishloq xo’jaligi go’shti juda qadrlanadi.

Parrandachilik

Parrandachilik har doim foydali bo’lgan. Parrandalarni yetishtirish ko’p vaqt va pulni talab qilmaydi. Ushbu parametr ajoyib oilaviy biznes bo’lishi mumkin.

Tovuqlarni ko’paytirish o’rdak va g’ozlarga qaraganda osonroq. Chunki ular alohida suv ombori, yaylov va maxsus ozuqa talab qilmaydi. Tovuqlarni boqishda turli xil nasllarni yetishtirish mumkin, shu jumladan go’sht va tuxumni ham yetkazib beradi.

Sabzavot va ko’kat yetishtirish

Bu turdagi mahsulotlarni yetishtirish ochiq yer maydonida amalga oshiriladi. Agar issiqxona qurilsa, butun yil davomida foyda olish mumkin. Ayniqsa qishki mavsumda bu mahsulotlar narxi qimmatroq bo’ladi.

Ko’katlar savdosi sabzavotlarga qaraganda qulayroqdir, chunki u kamroq kuch va mablag’ talab qiladi va tezroq tayyor bo’ladi. Bu biznesning qulayligi arzon urug’lar, kam kuch sarflanishi va yetishtirish jarayonining osonligidadir.

Gul yetishtirish

Agar bu turdagi biznesni mavsumiy shaklda tashkil etilsa, unda hech qanday qo’shimcha mablag’larning bemalol ishlash mumkin. Asosiysi, yaxshi navlarni tanlash va o’quv yili boshlanishiga qadar tayyor bo’ladigan turlarini o’stirish tavsiya etiladi.

Issiqxonada qishki mavsumdagi bayramlar uchun gular o’stirish mumkin. Masalan, yangi yil, 8-mart va Navro’z bayramlarida gullarga talab katta bo’ladi va buning ortidan katta daromad olih mumkin.

Xizmat ko’rsatish sohasidagi biznes

Sovutgichlar o’rnatish

Issiq mavzum boshlanishi bilan havo sovutgichlarni o’rnatishga bo’lgan talab yuqori darajada ortadi. Bu paytda xizmat ko’rsatuvchi kompaniya ochish yaxshigina foyda keltirishi mumkin.

Deraza oynalarini yuvish

Oynalarni yuvish — ko’p qavatli uyda yashovchilar tomonidan ko’proq talab etiladigan xizmat turidir. Ushbu biznesga katta miqdordagi boshlang’ich sarmoyalar talab qilinmaydi, ammo xarajatlar uchun pul sarflash kerak.

Ushbu faoliyat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: savdo va uy-joy. Biznesni boshlash paytida xususiy uy-joy sektori bilan shug’ullanish yaxshiroqdir, chunki buning uchun oddiy vositalar — qirg’ichlar, gubkalar, yuvish vositalari, narvonlarni sotib olish kifoya.

Ishni yanada rivojlantirish uchun yuqori pog’onali derazalarni toqqa chiqishga moslamalari va suv nasoslariga ulana oladigan ko’tarma kranlarga ham egalik qilish maqsadga muvofiq. Tez, samarali va avtonom ishlash mijozlar tomonidan ayniqsa qadrlanadi.

Mashina yuvish (Selfwash car)

O’z-o’ziga xizmat ko’rsatadigan avtoulovlarni yuvish punktlari- bu haydovchi avtoulovni yuvish va tozalash uchun barcha protseduralarni mustaqil ravishda bajaradigan joy.

Arzon narx va hamma narsani “o’zingizning xohishingiz bilan” qilish qobiliyati bunday xizmatlarni avtomobil egalari tomonidan juda mashhur qiladi. Ammo ular ochiq joyda bo’lganligi sababli, sovuq tushganda o’z faoliyatini to’xtatadilar. Ammo siz issiq mavsumda juda yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

Bunday joylarni ochish odatda faqat yirik shaharlarda foydali bo’ladi, chunki foyda to’g’ridan-to’g’ri mijozlar soniga bog’liq. Ammo kichik aholi yashash maskanlarida ham siz arzon mavsumiy avtoulov yuvadigan joylarni ochishingiz mumkin.

**Yuqorida ko’rsatilgan g’oyalar yoz mavsumida o’z samarasini bera olgan va hozirda ham mavjud bo’lgan sohalardir. Muvaffaqiyatga erishish uchun raqobatchilar orasida maxsus prinsiplarga (narx arzonligi yoki ishchilar muomalari, ish sifati va tezligi, bonuslar va hokazo) ega bo’lish talab etiladi.

Qiziqarli malumotlar
XUSUSIY BIZNES: KIYIM DOʻKONINI QANDAY OCHISH MUMKIN?