Xurshid Do‘stmuhammad  haqida to’liq malumot oling

Xurshid Do‘stmuhammad  haqida to’liq malumot oling

Xurshid Do‘stmuhammad  haqida

Xurshid Do‘stmuhammad 

Tavallud topgan sana:
1951 yil

Tug’ilgan joy:Toshkent

Yo’nalishlar: Adabiyotshunoslar, Yozuvchilar

Tarjimai hol

Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad adabiyotshunos o‘rnida maqolalari bilan ham e’tiborga tushgan, filologiya fanlari nomzodi. Ssenariy muallifi sifatida yaratilgan “Chayongul” televizion badiiy filmi (2000) keng tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad 1951-yili Toshkentda tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, 1969—1973-yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qidi. “Fan” nashriyotida, “Fan va turmush” jurnalida, “Qishloq haqiqati” gazetasida ishladi. 1986-yildan “Yosh kuch” jurnalida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Respublikada ilk bor nashr etilgan “Hurriyat” mustaqil gazetasiga bosh muharrir bo‘ldi, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasida hamrais, “O‘zbekiston matbuoti” jurnalining bosh muharriri vazifalarida ishladi. Keyinchalik Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida faoliyat olib bordi.

Xurshid Do‘stmuhammad yapon adibi Akutagava Ryunoskening “Rasyomon darvozasi” hikoyasini, Temur Po‘latovning “YEtti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam” romanini o‘zbek tiliga tarjima qildi.

Adibning dastlabki hikoyasi 1981-yil “Guliston” jurnalida, “Nigoh” nomli birinchi qissasi esa 1987-yili “Yoshlik” jurnalida e’lon qilindi. “Hovli etagidagi uy” nomli birinchi kitobi 1989-yil nashr etildi. Shundan buyon uning “Panoh”, “Oromkursi”, “So‘roq”, “Sof o‘zbekcha qotillik”, “Hijronim mingdir mening” qissalari, “Bozor” romani va o‘nlab hikoyalari chop etildi. Adibning “Jajman” (1995) kitobidan bir necha qissalari qatori “Mahzuna”, “Jajman”, “Ibn Mug‘anniy”, “Yolg‘izim — siz”, “Ko‘z qorachig‘idagi uy” singari hikoyalar ham joy olgan. Adib “Bozor” romani, “Hijronim mingdir mening” va “Ozod iztirob quvonchlari” kitoblari uchun 2000-yilgi “Ofarin” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ssenariy muallifi sifatida yaratilgan “Chayongul” televizion badiiy filmi (2000) keng tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. “Jimjitxonaga yo‘l”, “Nusxakashning merosxo‘ri”, “Beozor qushning qarg‘ishi” va “Jim o‘tirgan odam” hikoyalari adibning keyingi yillar ijodida yangi sahifa ochib berdi.

Video galereya

[url=#]

[/url]

Biografiya
Xurshid Do’stmuhammad haqida