XRISTIANLIK

XRISTIANLIK

XRISTIANLIK — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxm. 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi. Xristianlikning asosiy goyasi xudoodam — Iisus Xristos (Iso masih; q. Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. X. taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kdytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va takiklari Bibliya va b. mukaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. X. 1-a. ning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk X. dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijgimoiy tarkibi vakt utishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. Ayrimayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik X. tarafdorlari boʻldilar. 4-a. da X. Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot X. cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslaviyem (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. Xristianlikning bu boʻlinishi 1054-y. da rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-a. ning boshlarida tugallangan. 16-a. da Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, Xristianlikning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keddi. 19-a. ning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi.

Ensiklopediya.uz
XRISTIANLIK