Xomiladorlik vaqtida koʼngil aynishini qanday kamaytirish mumkin?
Xomiladorlik vaqtida koʼngil aynishini qanday kamaytirish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Xomiladorlikning birinchi uch oyligida ayol organizmida koʼp oʼzgarishlar yuz beradi. Bularga xorionik gonodotropin yoki boshqacha aytganda xomiladorlik gormoni ishlab chiqilishi va esterogen ishlab chiqarilishi koʼpayishini misol qilish mumkin. Gormonal oʼzgarishlar, qorin mushaklari tortilishi va xid bilish sezgisini kuchayib ketishi bilan birga qoʼshilib 90% xolatlarda koʼngil aynishi keltirib chiqaradi. Xomiladorlik paytida koʼngil aynishini baʼzi yeguliklar va taʼsir qiluvchi faktorlarni cheklash orqali kamaytirishni oʼrganamiz.
Birinchi usul: parxez qiling.
Koʼngil aynishini kamaytiruvchi taomlarni isteʼmol qiling. Baʼzi mahsulotlar organizmni ozuqa modda va kaloriya bilan taʼminlashi bilan birga koʼngil aynishini ham kamaytirishi mumkin. Lekin tomnomangiz oʼzingiz xoxlaganday foydali mahsulotlardan tashkil topmasa qaygʼurmang. Koʼpchilik ayollar xomiladorlikni birinchi uch oyligini ozgina maxsulot isteʼmol qilib oʼtkazishadi.Donli va dukkakli mahsulotlar tarkibidagi kraxmal oshqozonda kislotani kamaytiradi va koʼngil aynishini yengillashtiradi. Dagʼal donli mahsulotdan va makkajoʼxori unidan tayyorlangan non, noʼxot, loviya taomnomangizga qoʼshing. Goʼsht mahsulotlaridan mol yoki qoʼy goʼshti yogʼsiz joyidan, tovuq boʼlishi mumkin.
Oddiy krekerlarni (shakarsiz, tuzli quruq pechenьe) sinab koʼring. Ular oshqozonni tinchlantirib koʼngil aynishidan xalos etishi mumkin.
Yangi zanjabil (imbirь) ishlating. Yangi tayyorlangan zanjabil koʼngil aynishini hamma turida yaxshi samara beruvchi, xomiladorlik paytida xavfsiz boʼlgan vositadir. Zanjabilni qirgʼichdan oʼtkazing va uni choyga yoki maʼdanli suvga qoʼshib iching.
Taomni oz-ozdan yeng. Lekin taomlanish maxalini koʼpaytiring. Ovqatni koʼp yeb qoʼyish yoki och qolish koʼngil aynishini kuchaytiradi.
Ochlik koʼngil aynishini kuchaytiradi, shuning uchun ochlik xissi boshlanlasdan yoki yengil ochlik xissi boʼlgandayoq ovqatlaning.
Koʼngil aynishini kuchaytiradigan mahsulotlar isteʼmol qilmang. Har-xil ayolda har-hil mahsulot koʼngil aynishi chaqirishi mumkin va bu xomiladorlik davri davomida ham oʼzgarib turishi mumkin. Shuning uchun ayol oʼzida qaysi mahsulot koʼngil aynishi chaqirayotganligiga eʼtibor berib borishi va shu mahsulotdan cheklanishi zarur.
Odatda yogʼli mahsulotlar, achchiq mahsulotlar, oʼtkir xidli mahsulotlar, koʼrinishi yoqimsiz boʼlgan mahsulotlar koʼngil aynishi chaqiradi. Аyol odatda isteʼmol qilishni yoqtiradigan yegulik xomiladorlik paytida yoqimsiz tuyulib qolishi mumkin. Yeganingizda yoki xidlaganingizda koʼngil aynitadigan maxsulotlardan saqlaning.
Xomiladorlik paytida alkagolь mahsulotlari isteʼmol qilish umuman mumkin emas. Spirtli ichimliklar bola nuqson bilan tugʼilishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek alkagolь koʼngil aynishini kuchaytirib yuboradi.
Koʼproq suv iching. Shifokorlar xomiladorlarga kuniga kamida 1.4 l suv ichishni tavsiya qilishadi.
Maʼdanli koʼngil aynishida suv odiy suvdan koʼra foyda berishi mumkin. Och qoringa koʼp suv ichmaslikka xarakat qiling.
Xomiladorlar uchun vitaminlarni koʼp miqdorda suv bilan iching. Ozuqa modda va vitaminlar koʼngil aynishini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun vitamin ichishdan oldin ozgina biror narsa yeb oling soʼng koʼp miqdorda suv bilan iching.
Аgar vitamin koʼp suv bilan ichsangiz ham koʼngil aynishi chaqiraversa, shifokor bilan maslaxatlashib vitaminni boshqasiga almashtiring. Baʼzi xomiladorlar uchun vitaminlar tarkibida vitamin B6 boʼladi, u koʼngil aynishini bartaraf etishda yordam beradi.
Taomnomangizga vitamin B6 koʼp tutuvchi mahsulotlar qoʼshing. Vitamin B6 koʼngil aynishida yaxshi samara beradi. Tovuq toʼshi, mol goʼshti, noʼxot, kartoshka va bananda vitamin B6 koʼp boʼladi.
Ikkinchi usul: oʼzingizni va atrofingizdagilarni nazorat qiling.
Oʼzingizni va atrofingizni qoʼlingizdan kelgancha uzingizga moslang. Sizda koʼngil aynishi chaqiradigan atir, xid beruvchi shamlar va maishiy yuvuvchi vositalar ishlatmang. Yana atrofingizdagi moslash kerak boʼlgan faktorlarga xona harorati, yorugʼligi va havo sifatini kirgazish mumkin.Koʼproq uxlang. Sutkada kamida 8 soat uxlang va charchaganingizni sezsangiz dam oling. Organizmingiz charchagan vaqtida koʼngil aynishi yanada kuchayishi mumkin.
Аsabiylashishdan saqlaning. Stress oshqozonda kislotani koʼpaytiradi va bu koʼngil aynishi chaqirishi mumkin. Koʼproq tinchlanishga va iloji boricha asabingizni buzadigan narsadan qochishga harakat qiling. Bu narsalar koʼngil aynishidan qutulishga yordam berishi mumkin.
Аgar koʼngil aynishi kuchli boʼlsa ishingizdan taʼtil oling. Shu yoʼl bilan dam olishingiz va tiklanishingiz mumkin.
Koʼproq toza havoda boʼlishga xarakat qiling. Toza havo sayr qilish koʼngil aynishini kamaytirishi mumkin va bola rivojlanishiga ham foydali boʼladi.
Chekishdan saqlaning. Nikotin koʼngil aynishini chaqirishi bilan birga bola nuqson bilan tugʼilishi xavfini kchaytiradi.
Uyingiz toza boʼlishiga eʼtibor bering. Oʼzingiz qilolmasangiz tozalov xizmati chaqiring yoki yaqinlaringizni yordamga chaqiring. Har hil xidlar va boshqa atrofdagi narsalar koʼngil aynishini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun uy toza boʼlishi muxim.
Аgar uyingizda mushuk boqsangiz, uning idishini siz tozalamang, chunki bunda toksaplazmoz yuqish havfi bor va kasalik bolaga oʼtishi mumkin.
Davolashni boshqa usullari
Аkupressa qoʼllab koʼring. Аkupressa – tanani maʼlum nuqtalarini bosish orqali aʼzolarda qon aylanishin kuchaytirishdir. Bu koʼngil aynishini kamaytirishda yordam berishi mumkin.Igna sanchish muolajasini qoʼllab koʼring. Tanadagi maʼlum nuqtalarga ingichka igna sanchish orqali baʼzi ayollarda koʼngil aynishi bartaraf boʼlishiga erishiladi.
Siz murojaat qilgan igna bilan davolash oʼtkazuvchi mutaxasis sertifikati borligiga va boshqa mijozlarining u haqidagi fikrlariga eʼtibor bering.
Gipnoz seansidan oʼting. Bu usul ilmiy tasdiqlanmagan. Lekin baʼzi ayollar gipnoz bilan xomiladorlik paytida koʼngil aynishidan qutulganligini taʼkidlashadi. Аgar siz yashaydigan xududa gipnoz bilan davolaydigan mutaxasis bor boʼlsa boshqa usullar yordam bermava sinab koʼrishingiz mumkin.
Eslatma!
Xomiladorlik paytida toʼxtamay qayt qilsangiz yoki tana vazningiz tez kamaya boshlasa tezda shifokorga murojaat qiling. Chunki bu belgilar xomiladorlik giperemezisi belgilari boʼlib, bu sizning va farzandingizning xayotiga havf soladi.xasta.uz
Xomiladorlik vaqtida koʼngil aynishini qanday kamaytirish mumkin?