Xomilador ayollar uchun parhez

Xomilador ayollar uchun parhez

Xomilador ayollar uchun parhez

DO`STLARGA ULASHING:

Xomiladorlikdan oldin va xomiladorlik davomida ovqatlanish tarzining farzand sog’ligiga qanchalik ta’siri kuchli ekanligini tushunuvchi barcha bo’lajak onalar uchun parhez.
Xomila uchun eng muhimi quyidagi ozuqaviy elementlar: foliy kislotasi, temir moddasi, ion, rux moddalari va juda kerakli bo’lgan yog’li kislotalar. Ushbu unsurlar taomlar tarkibida to’g’ri miqdorda ta’minlanishi kerak. Xomilador va emizikli ayollarda parhez xatolari ushbu kerakli bo’lgan elementlar noto’g’ri miqdorda qabul qilinishidan kelib chiqadi.
32fc9506439961cef8ace9c8cbe0ffd9

Nima iste’mol qilishni biling

Farzand ko’rish niyatidagi ayollar to’g’ri ovqatlanish prinsiplarini bilishlari kerak.
Sizga parhezning salbiy ta’sirlarining oldini oluvchi va talablaringizga moslash uchun bir-nechta foydali maslahatlar:• Xilma-xil taomlar. Kerakli ozuqalarni (o’rtacha 60ta turi bor) o’z ichiga oluvchi bitta mahsulot yo’q. Qancha kop xilma- xil taomlarni iste’mol qilsak shuncha kop sog’ligimiz uchun foydasi bo’ladi.

• Faqat qora non. Javdari bug’doy oq nonga qaraganda 3-5 barobar ko’proq minerallarga boy, undan tashqari ko’proq vitaminlarga va oziqlantiruvch tolalarga ega.

• Parhezingizda temir moddasi miqdorini ikki barovariga oshiring. Xomilador ayol buning uchun go’sht, parranda go’shti yoki dudlangan go’shtni kuniga ikki marta iste’mol qilishi kerak (yog’siz go’sht tavsiya etiladi).Bunday go’shtli taomlar bilan birga temir moddasini singdiruvchi Vitamin Cga boy sabzavot va mevalar iste’mol qilishi maslahat qilinadi.

• Baliq mahsulotlarini iste’mol qilish shart – ular proteinning qimmatli manbaasi.

• Yangi sabzavotlardan salatlar uchun tayyorlangan sabzavot yog’ini kuniga kamida bir qoshiq iste’mol qilinishingiz kerak. U o’ziga xomiladorlik uchun kerak bo’lgan to’yintirilmagan yog’li kislotalarini oladi.

• Sut va sutli mahsulotlar iste’mol qilishni oshiring. Ular ona va bola uchun juda muhim hisoblanib, kalsiy, B2, B12 vitaminlariga boy va proteinlik quvvati yuqoridir. Kam yog’li mahsulotlar etarli vaznni ushlab turishga yordam beradi.

• Kuniga kamida 1kg meva va sabzavotlar iste’mol qilish kerak, chunki ular vitamin va minerallarga juda boy.

• Alkogol mahsuloti ta’qiqlanadi, kuchli kofe ichishni kamaytirish va sigareta chekishni to’xtatish kerak. Giyohvand moddalar umuman ta’qiqlanadi. Ular bola tushishiga olib keladi va xomilaning rivojlanishiga zarar keltirishi mumkin.

Taomlar xilma-xilligini

Taomlar xilma-xilligini ko’paytirish va turli xil mahsulotlarni iste’mol qilish kerakli moddalar tanqisligi xatarini pasaytiradi.
Bu jarayonda vitamin va minerallarga talab sezilarli darajada, xatto 50-100%ga oshadi. Lekin bu kaloriyalar  hajmiga boy ovqatlar hajmi faqat 300kkal ga oshishi kerak.

Ko’pchilik ayollar o’zining qomatiga e’tibor berishga harakat qiladi, har xil vaznni kamaytiruvchi parhezlar tutishi, odatda yaxshi muvozanatlanmagan va qaysidir bir ozuqa elementlarining kamayishiga olib kelishi mumkin.Xomilador ayol nafaqat o’zining ozuqa talablarini balki qornida rivojlanayotgan embriyonning ham talablarini qondirishi kerak. Shuning uchun, xilma-xil taomlar iste’mol qilish, tabiy mahsulotlarga boy, ya’ni tarkibida simulyant moddalar kam bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni unutmasligingiz kerak. Uzingiz va farzandingizning salomatligi uchun.

Menyu
Nonushta:
sutli yorma, ikkita qora bulochka, ikkita yupqa vetchina, pomidor, piyozli zaytun yog’li gazak, limon choy
Tushlik:
Bug’langan losos, sabzili, qaynatilgan kartoshkali salad, greypfrut toza sharbati
Kechki ovqat:
mevali salad, apelsin djem va qora non, yogurt, limon choyi
Manba: Bonduelle.uz

Xomilador ayollar uchun parhez